Hujjat yaşirin iqtisodiyot uluşini kamaytiriş, soliq soliş bazasini kengaytiriş, jismoniy şaxslarni qonuniy tadbirkorlikka rağbatlantiriş hamda davlat organlari va moliyaviy taşkilotlar bilan özaro aloqalarini raqamlaştiriş maqsadida işlab çiqilgan.

Maxsus huquqiy rejim joriy etiladi. 2030 yil 31 dekabrgaça mamlakatda maxsus huquqiy rejim amaliyotga tatbiq etiladi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • davlat va moliyaviy xizmatlarni töliq onlayn oliş;
  • avtomatik röyxatdan ötiş, soliq tölaş va hisobot taqdim etiş;
  • bank va tölov tizimlari bilan integratsiya;
  • biometrik identifikatsiya va SMS orqali tasdiqlangan hujjatlarning yuridik kuçga ega bölişi.

Bu rejim yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) va özini özi band qilgan şaxslarga taalluqli.

Umumiy funksionalga ega raqamli platformalar yaratiladi. Ular orqali quyidagilar amalga oşiriladi:

  • YaTT va özini özi band qilganlarni röyxatdan ötkaziş;
  • buxgalteriya va soliq hisobi;
  • tölovlar, elektron hamyonlar orqali hisob-kitoblar;
  • soliq organlari bilan özaro aloqa;
  • operatsiyalarni real vaqtda fiskallaştiriş;
  • çeklar, QR-kodlar, tap to pay kabi naqd pulsiz tölov vositalarini şakllantiriş.

Platformalar soliq organlari axborot tizimlari bilan töliq integratsiya qilinadi. Faqat maxsus soliq rejimlarini qöllamaydigan va Texnopark rezidenti bölmagan tölov taşkilotlarigagina ularni yaratiş va xizmat körsatiş huquqi beriladi.

2026 yil 1 yanvardan boşlab:

  • barça YaTT va özini özi band qilganlar raqamli platforma orqali yaratilgan maxsus QR-kodga ega bölişi şart;
  • QR-kod mavjud bölmasligi kassa intizomi buzilişi sifatida baholanadi;
  • raqamli platformalar orqali berilgan çeklar böyiça 1 foiz qaytariş amaliyoti qöllanmaydi;
  • pul aylanmasi böyiça ma’lumotlar kredit byurolariga uzatiladi va kredit berişda hisobga olinadi.

Taksi, yetkazib beriş va şunga öxşaş agregatorlar orqali xizmat körsatayotgan özini özi band qilgan şaxslarga raqamli platformalar, elektron hamyonlar va QR-kodlar böyiça talablar tatbiq etilmaydi. Agar uşbu agregator platformalar soliq organlari bilan integratsiya qilingan bölsa.