Özbekistonda maktablar va boğçalar rahbarining oyligi oşirilmoqda. Bu – joriy yil mart oyida qabul qilingan prezident farmonida közda tutilgan.

Farmonga köra, 2025 yil 1 sentabrdan boşlab:

  • maktab direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;
  • maktab direktori örinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oşiriladi.

I va II guruhga kiruvçi boğça direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegişliça III va IV guruhdagi maktab direktori örinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglaştiriladi (ya’ni oşiriladi).

Avvalroq yangi öquv yilidan boşlab maktab direktorlari va örinbosarlari hamda boğça mudiralarining iş haqi 7-10 million sömdan oşişi aytilgandi.

Yuqoridagi farmonga asosan, 2026 yil 1 yanvardan boşlab, maktablarning direktor jamğarmasi mablağlari hisobidan direktor va uning örinbosarlariga faoliyat samaradorligi körsatkiçlari (KPI) natijasiga köra 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.