Toşkent şahrida 27 avgust kuni uşbu mukofotlarni topşiriş marosimi böldi. Davlat rahbari barçani, avvalo, Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Mamlakatda erişilayotgan natijalarning asosi, sa’y-harakatlarning mohiyati haqida alohida töxtaldi.

– Yangi Özbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlarimiz qanday ulkan natijalar berayotganini barçamiz körib turibmiz. Ötgan sakkiz yilda yalpi içki mahsulotimiz şiddat bilan ösib, 115 milliard dollarga yetdi. Bugun bitta raqamni birinçi marta aytmoqçiman: Xalqaro valuta jamğarmasi prognoziga köra, bu yil iqtisodiyotimiz hajmi 130 milliard dollardan oşişi kutilmoqda. Ya’ni, ilgari bunday ösiş, bunday yuksak e’tirof heç qaçon bölmagan, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari mukofotlanganlarga faxriy unvon, orden va medallarni tantanali ravişda topşirdi.

Özbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan taqdirlandi.
Prezident administratsiyasi departament boşliği Gayane Umerova «Döstlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, senator Sirojiddin Said «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi.
Özbekiston davlat satira teatri direktori, qiziqçi Mirzabek Xolmedov «Mehnat şuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.