Uzbekistan Airways aviakompaniyasi qöşimça mahalliy aviaqatnovlar joriy etilganini e’lon qildi.

Ular:

- Toşkent – Termiz – Toşkent (1-29 sentabr, duşanba, çorşanba va juma kunlari);

- Toşkent – Buxoro – Toşkent (9-30 sentabr, seşanba va juma kunlari);

- Toşkent – Farğona – Toşkent (6-27 sentabr, şanba kunlari);

- Toşkent – Navoiy – Toşkent (10, 17 va 24 sentabr);

- Toşkent – Namangan – Toşkent (2-30 sentabr, seşanba va payşanba kunlari).

Qayd qilinişiça, parvozlar Airbus A320 havo kemalarida amalga oşiriladi.

Avvalroq, Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvçi Silk Avia kompaniyasi Toşkentdan Termiz, Buxoro, Farğona, Navoiy va Namanganga ba’zi qatnovlarni texnik sabablarga köra 2 oyga töxtatgan edi.