27 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning farmoni bilan BI Group xalqaro xoldingining boş ijroçi direktori (CEO) Aydyn Rahimbayev yuksak davlat mukofotlaridan biri — “Döstlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Davlat mukofoti Özbekiston hududida investitsion, infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oşirişga qöşgan katta hissasi uçun topşirildi. Taqdirlaş marosimi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosida bölib ötdi. Mukofotni prezident nomidan boş vazir örinbosari Xöjayev Jamşid Abduxakimoviç topşirdi.

Sönggi beş yil içida xolding Özbekiston quriliş sohasining yetakçi kompaniyalaridan biri va işonçli xalqaro hamkor sifatida öz mavqeini mustahkamladi. U turar joy majmualaridan tortib, infratuzilma va ijtimoiy yönalişdagi murakkab loyihalargaça amalga oşirişga qodirligini körsatdi.

BI Group — quriliş va investitsiya sohasida 30 yillik tajribaga ega xalqaro developerlik xoldingi. Xolding AQŞ, BAA va Özbekistonni ham öz içiga olgan sakkizta davlatda faoliyat yuritadi. Foydalanişga topşirilgan köçmas mulkning umumiy maydoni 8,5 mln m²ni taşkil etadi va 500 mingdan ortiq kişi kompaniya qurgan obektlarda istiqomat qiladi. BI Group AIX va KASE birjalari listingiga kiritilgan hamda xalqaro ENR Top-250 Global Contractors reytingiga kiradi. Xolding turar joy va tijorat obektlarini quriş, şuningdek, infratuzilma va muhandislik loyihalarini amalga oşirişga ixtisoslaşgan.
















