Davlat xavfsizlik xizmati Andijon va Namanganda korrupsiya bilan boğliq holatlar aniqlangani haqida xabar berdi.

Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasining rahbarlaridan biri hamda Jalaquduq tumani hokimi örinbosari özaro til biriktirib, mazkur tumandagi baliq yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjalikda aniqlangan 4,1 mlrd sömlik zarar böyiça sudga da’vo arizasi kiritmaslik, Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga asosan zarar miqdorini 10 barobarga oşirilgan holda undiriş çoralarini körmaslik, tekşiruv tadbirlarini töxtatiş böyiça fermer xöjalik rahbari tomonidan Andijon tumanlararo ma’muriy sudiga kiritilgan da’vo arizasini qöllab-quvvatlaş evaziga fermerga tegişli bölgan Xonobod şahridagi 10 sotixli dalahovlini hokim örinbosari qarindoşi nomiga ötkazib berişni talab qilişadi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda tuman hokimi örinbosarining ukasi fermer xöjalik rahbaridan dalahovlining kadastr hujjalarini olib, xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariusda uşbu köçmas mulkni özining turmuş örtoği nomiga rasmiylaştirib olayotgan vaqtida foş etildi.

Holat yuzasidan tuman hokimi örinbosari hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi mansabdoriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi.

Boşqa holatda esa Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasining Andijon viloyatidagi tumanlardan birining filiali boşliği xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning işonçiga kirgan. U tuman zaxirasida bölgan 17 sotix toşloq yer maydonini noturar joy sifatida uning nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 4 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi.

Şu kabi qonun buzilişi Namangan viloyatida ham qayd etilgan.

Jumladan, viloyatdagi tumanlardan birining maktab va maktabgaça ta’lim bölimi mudiri hamda ikkita xususiy boğça rahbarlari özaro til biriktirib, mahalliy fuqaroning işonçiga kirgan. Ular mansabdor tanişlari orqali fuqaroni boşqa tumandagi davlat tasarrufidagi maktabgaça ta’lim muassasalaridan biriga mudira lavozimiga tayinlaş evaziga 2500 AQŞ dollari talab qilgan.