AQŞ prezidentining maxsus elçisi Stiv Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvadagi uçraşuvi çoğida protokolni buzgan va odatda yoziş işlarini amalga oşiradigan Davlat departamenti vakilisiz uçraşuvga borgan. Bu sarosimaga va Uitkoffning Kreml pozitsiyasini notöğri yetkazişiga olib keldi, deb xabar berdi Reuters 28 avgust, payşanba kuni bir neça manbalarga tayanib.

Uitkoff 6 avgust kuni Moskvada Putin bilan uçraşgandan söng AQŞ prezidenti Donald Trampga Rossiya prezidenti Ukrainadagi uruşni tugatiş uçun muhim hududiy imtiyozlar berişga tayyorligini ma’lum qildi. Buni eşitgan Tramp Putin bilan sammit ötkazişga rozi böldi.

Ertasi kuni Uitkoff bir qança yevropalik yetakçilarga Kiyev Donetsk va Luxanskdan voz keçişi evaziga Putin Zaporijjya va Xerson viloyatlaridan qöşinlarni olib çiqişga tayyorligini aytdi, dedi Reuters agentligiga suhbatdan xabardor manba. «Bu taklif iştirokçilarni hayratda qoldirdi», çunki u Putinning pozitsiyasiga nisbatan öz baholaridan keskin farq qiladi, deydi tört manba, jumladan AQŞ va Yevropa rasmiylari.