Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
400 mln so‘mlik tarixiy tangalarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Bojxonachilar ko‘p miqdordagi qadimiy boyliklar olib chiqib ketilishining oldini oldi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining «Keles» temiryo‘l chegara bojxona postida mamlakat hududidan yashirin tarzda noyob tarixiy boyliklarni olib chiqib ketishga uringan shaxs fosh qilindi.
«Toshkent-Novosibirsk» reysi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdida respublikadan chiqib ketayotgan fuqaroning qo‘l yuki va sumkalari ichida bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi vaqtida ma’lum qilinmagan 325 dona qadimiy tangalar, zargarlik buyumlari, artefaktlar, girya va kamon o‘qi uchlari borligi aniqlandi.
Ushbu tarixiy ashyolar tarkibidagi 210 dona tangalar o‘zbek davlatchiligi tarixida vujudga kelgan deyarli barcha davlatlarga taalluqli tangalarning o‘ziga xos kolleksiyasi.
Madaniy meros agentligi Badiiy ekspertiza boshqarmasining san’atshunoslik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, mazkur qadimiy ashyolar eradan avvalgi II-I asrlardan tortib toki XX asrgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Shu boisdan mazkur ashyolarning barchasi tarixiy va madaniy qiymatga ega deb topildi va ularning taxminiy bahosi salkam 400 mln so‘mga baholandi.
Yuqoridagi holatda olib qo‘yilgan 325 dona tarixiy buyumlar Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi fondiga vaqtincha saqlovga topshirildi.
Mavzuga oid
10:57 / 05.09.2025
Bojxonadan olib chiqiladigan tovarlar bojxona qiymatini aniqlash tartibi belgilandi
07:20 / 18.08.2025
Bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
15:01 / 30.07.2025