2025 yilning yanvar-iyul oylarida Özbekiston 438,6 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi. Bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 38,2 foizga köp.

Tabiiy gaz importi esa 30,6 foizga kamayib, 734 mln dollarni taşkil etdi. Bu – Statistika agentligining taşqi savdo şarhida keltirilgan.

Ma’lumot uçun, Özbekiston 2024 yil davomida Rossiya va Turkmanistondan 1,7 mlrd dollarlik gaz sotib olgan. Bu – 2023 yilga nisbatan 2,4 barobarga, 2022 yilga nisbatan 6 barobarga köp. Gaz eksporti esa 2024 yilda qiymat jihatdan 18 foizga oşib, 628 mln dollarga yetgan. Tabiiy gaz qança narxda import va eksport qilinayotgani “tijoriy sir” sifatida oçiqlanmay keladi.

Bundan beş yil oldin rasmiylar 2025 yil 1 yanvardan Özbekiston tabiiy gaz eksportini töxtatişi mumkinligini aytgandi.