Qisqa qilib aytganda u o‘z “fast food” imperiyasiga asos soldi. Bajva hozirda Shimoliy Amerikadagi Papa John’s kompaniyasining asosiy egasi bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab 270 dan ortiq ovqatlanish shoxobchasiga egalik qiladi. 

Immigratsion muvaffaqiyat

 Bajvaning muvaffaqiyatga erishish yo‘li oson emas edi. Yigirma yoshning boshida u oilasidan birinchi bo‘lib Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tdi va u yerga kelganida ko‘p qiyinchiliklarga duch keldi. 

“AQShga kelishim, aslida, bu mening birinchi parvozim edi. Men ilgari hech qachon uchmaganman”, deydi Bajva. “Samolyotga endigina kirishim, bu yerga yolg‘izlik bilan kelgan to‘liq parvoz edi, juda ko‘p tashvish edi. Lekin men buni amalga oshirishga qaror qildim.” 

Uning so‘zlariga ko‘ra, u qandaydir madaniy shokni boshdan kechirgan va muloqotda qiynalgan, chunki u o‘sha paytda ingliz tilini yaxshi bilmas edi. “Ba’zida siz oilangizdan uzoqda bo‘lganingizda va yolg‘iz qolganingizda ... bu juda va juda qiyin”, deydi Bajva.

Universitetdagi xarajatlarini qoplash uchun Bajva bir nechta ishda ishlashga majbur edi. “Birinchi yozimda men uchta ish qildim ... nonushta paytida idishlarni yuvdim, tushdan keyin pitssa yetkazib berdim va Taco Bell’da ishladim”, dedi Bajva SNBSga bergan intervyusida.  

Bajva tezda kurerlikdan Papa John’s ning ofis xodimlari safiga qo‘shildi. 1996 yilda universitetni tamomlagach, u yetkazib beruvchilikdan hudud boshqaruvchisi lavozimiga o‘tkazildi. Diplomli bo‘lgach Bajva bir nechta korporativ rollarga ariza qoldirdi, turli vakansiyalarga qiziqdi. 

“Men ba’zi ishlarga ariza topshirdim va xayolimda korporativ ishga kirishmayman deb umid qilgandim, lekin sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim, chunki buni ham boshimdan o‘tkazishim kerak edi”, - deydi u. “Men hech qachon murojaat qilmaganimdan afsuslanishni xohlamadim, chunki butun umr korporativ sektorga boraman deb orzu qilgandim. Ammo men [korporativ] ish topgani borganimda, [Papa John’sʼda] ishlayotganimdan ko‘ra ko‘proq maosh oladigan ish topa olmadim”, deya xotirlaydi Bajva. 

Shu sababli u pitssa biznesida qolishga qaror qildi va o‘zining mahsuloti bo‘lishidan oldin bir nechta pitssa do‘konlarini ishga tushirdi. 

2002 yil iyul oyida oilasining qo‘llab-quvvatlashi va bank kreditlari yordamida Bajva Ohayo shtatining Sharqiy Liverpul shahrida o‘zining birinchi Papa John’s pitssa do‘konini ochdi.