Litva prezidenti Gitanas Nauseda 2 iyul kuni öz davlatining siyosiy yetakçilari mamlakat hududida yadro qurolini joylaştirişga qöyilgan konstitutsiyaviy taqiqni bekor qiliş zarurligi töğrisida kelişuvga erişganini ma’lum qildi, deb xabar berdi CNBC News.

Naşrning ta’kidlaşiça, bu qaror Rossiya bilan çegaradoş bölgan yana bir NATO a’zosi - Finlyandiya qonunçilari yadro quroliga qöyilgan uzoq yillik taqiqni bekor etiş uçun ovoz berganidan köp ötmay qabul qilingan.

LRT davlat teleradiokompaniyasi xabariga köra, Nauseda jurnalistlarga Litva Konstitutsiyasining 137-moddasi eskirganini tuşuntirdi.

Uning qöşimça qilişiça, parlament va hukumat rahbarlari «deyarli bir ovozdan» bu siyosatni bekor qilişni qöllab-quvvatladilar.

Litva Konstitutsiyasining 137-moddasi ommaviy qirğin qurollarini joylaştirişni va Litva hududida xorijiy harbiy bazalarni taşkil etişni taqiqlagan.

«Geosiyosiy vaziyat yomonlaşmoqda. Bizning konstitutsiyamiz geosiyosiy şaroitlar butunlay boşqaça bölgan paytda yozilgan edi», dedi Nauseda.

Litva prezidenti sözlariga köra, uşbu qoidaning bekor qilinişi Vilnyus kelajakda xavfsizlik vaziyatidagi özgarişlarga moslaşa olişini anglatadi. Şu bilan birga, u hozir mamlakat hududida yadro qurolini joylaştiriş rejalari yöqligini qöşimça qildi.

Maqolada ta’kidlanişiça, Rossiyaning Kaliningrad şahri bilan çegaradoş Litva Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Kiyev örtasidagi tört yildan ortiq davom etayotgan mojaro davomida Ukrainaning eng sodiq ittifoqçilaridan biri bölib, sezilarli harbiy texnika va moliyaviy yordam körsatgan.

Ötgan oy Financial Times muhokamalardan xabardor bölgan uçta anonim manbaga tayanib, AQŞ Yevropada yadro quroli olib yurişga qodir yangi harbiy obektlarni joylaştiriş böyiça muzokaralar olib borayotganini xabar qildi.