Iqtisodiyot va moliya vazirligi ğolib loyihalar yaqin soatlarda e’lon qilinişini bildirdi.

“Taşabbusli budjet”ning 2025 yilgi 2-mavsumi 1-bosqiçi 15 iyuldan 3 avgustgaça ötkazildi. Bunda loyihalar röyxatga olindi.

Söngra 4 avgustdan 18 avgustgaça saralaş bosqiçi bölib ötdi. 19 avgustdan 21 avgustgaça tarğibot bosqiçi ötkazilgan bölsa, 22 avgustdan 31 avgustga qadar loyihalarga ovoz berildi.

Ovoz beriş jarayoni yakunlariga köra, 3,2 trln sömlik 2 332 ta loyiha ğolib deb topildi. 

 Ğolib bölgan loyihalar bilan şu yerda (https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/52) tanişiş mumkin.