2025 yil 1 sentabrda Finlyandiyaning Mikkeli shahrida NATO quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondonligining yangi shimoliy shtabi ish boshladi. U Finlyandiya quruqlikdagi qo‘shinlari shtabida joylashgan.

Mikkeli Rossiya chegarasidan 140 km uzoqlikda joylashgan. Bungacha NATO quruqlikdagi qo‘shinlari mintaqaviy qo‘mondonligining Rossiya chegaralariga eng yaqin shtabi Polshaning Shetsin shahridagi Kaliningraddan 414 km uzoqlikda joylashgan «Shimoliy-Sharqiy» ko‘p millatli korpusi edi.

Yangi qo‘mondonlikning vazifalari alyansning quruqlikdagi kuchlarini boshqarish va shimoliy mintaqadagi milliy qo‘shinlar harakatlarini muvofiqlashtirishdan iborat bo‘ladi. Shtab Atlantika va Arktika mintaqalarini nazorat qiluvchi NATO «Norfolk» (AQSh) qo‘mondonligi nazorati ostida ishlaydi. Alyans mashg‘ulotlarini birgalikda o‘tkazish, shuningdek, Finlyandiya va NATO harbiy tuzilmalari ishida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Rossiya bilan 1340 km uzunlikdagi chegaraga ega Finlyandiya o‘tgan yili Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan so‘ng ko‘p yillik harbiy betaraflikdan voz kechib, NATO a’zosi bo‘ldi. Finlyandiya mudofaa vaziri Antti Xakkanenning ta’kidlashicha, NATO shtab-kvartirasining Mikkeli shahrida joylashtirilishi «Finlyandiya NATO to‘laqonli a’zosi va alyans Finlyandiya mudofaasida juda muhim rol o‘ynaydi» degan ishoraning Rossiyaga yuborilishini anglatadi.