Özbekistonda uy-joy sotib olişda keşbek joriy etiş masalasi körib çiqilyapti. Bu haqda 29 avgust kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan quriliş sohasi vakillari bilan taşkil etilgan oçiq muloqotda ma’lum qilindi.
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov köçmas mulk QQSni hisobga olgan holda sotib olinişi kerakligini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, uy-joylarning atigi 10 foizga yaqini qöşilgan qiymat soliği bilan, qolgan 90 foizi esa soliqsiz sotib olinyapti.
«Jismoniy şaxslar uçun 4−5 foiz keşbek joriy etiş böyiça fikrlar bor, şunda ular quruvçiga murojaat qilib, oldi-sotdi bitimi summasidan 5−6 foiz keşbek oliş uçun hisobvaraq-fakturani talab qilişadi. Balki bu vaziyatni özgartirişga yordam berar?» — dedi Vahobov.
Avvalroq, Özbekistonda uy-joy oldi-sotdisini amalga oşirişda naqd puldan voz keçiş rejalaştirilayotgani xabar qilingandi. Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayevga köra, bu yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişga qaratilgan.

















