Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Rossiya TIVga nota yuborib, muhokamalarga sabab bölgan videodagi şaxsni topiş va çora körişni söradi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lum qildi.

Avgust oyida internetda rossiyalik erkak özbekistonlik muhojirni “sen qulsan, ruslarning qulisan” deya haqoratlagani aks etgan video tarqalgan edi. Öşanda TIV bu holatni tilga olmagan holda, Özbekiston fuqarolari dunyoning istalgan nuqtasida davlat himoyasida ekanini aytib bayonot beriş bilan çeklangan edi.

Kun.uz 31 avgust kuni e’lon qilgan hafta dayjestida rossiyalik millatçining haqorati javobsiz qolganiga e’tibor qaratdi. Materialda TIV bu şaxsning jazolanişi uçun harakat qilmayotgani, ötgan yili qabul qilingan qonunni qöllagan holda uning Özbekistonga kirişiga taqiq joriy etmayotgani aytilgandi.

“Agar teskarisi bölganida, ya’ni biror bir Rossiya fuqarosi Toşkentda xuddi şunaqa haqoratga uçraganida, Moskvadan qanaqa reaksiya bölişini köpçilik yaxşi tasavvur qiladi”, – deya yozgandi Kun.uz.

Şundan keyin, 2 sentabr kuni TIV matbuot xizmati rahbari Ahror Burhonov vazirlikning avgust oyidagi faoliyati yuzasidan bergan axboroti söngida bu masalaga ham töxtalib ötdi.

“Taşqi işlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida tarqalayotgan ma’lumotlarni muntazam ravişda kuzatib boradi hamda aniqlangan holatlar yuzasidan tegişli çoralar köriş maqsadida xorijiy mamlakatlarning vakolatli idoralari bilan yaqin hamkorlik qiladi.

Xususan, avgust oyida keng muhokamalarga sabab bölgan holat yuzasidan ham suriştiruv işlari olib borilmoqda. Şu munosabat bilan Rossiya Taşqi işlar vazirligiga mazkur videodagi şaxsni aniqlaş va unga nisbatan qonuniy çoralar köriş maqsadida rasmiy nota yuborildi.

Hurmatli vatandoşlar, sizlarga yana bir eslatib ötamiz: Özbekiston fuqarolari dunyoning qaysi nuqtasida bölişidan qat’i nazar, davlatimiz himoyasida hisoblanadi. Agar huquq va erkinliklaringiz, qonuniy manfaatlaringiz yoki şa’ningiz xorijda buzilsa, darhol öşa mamlakatning vakolatli huquqni muhofaza qiluvçi organlariga, şuningdek, Özbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga murojaat qilişingizni söraymiz”,