Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Bolgariyada halok bo‘lgan 5 nafar o‘zbekistonlikning jasadi olib kelindi
Avgust oyida O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan jazoni ijro etish muassasalari, deportatsiya markazlari, politsiya, sud idoralari va shifoxonalarga tashriflar amalga oshirildi.
Turkiya va Bolgariyada qiyin vaziyatga tushgan vatandoshlarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Turkiyada vafot etgan 5 nafar vatandosh hamda Bolgariyaning Sozopol shahrida cho‘kish natijasida halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini olib kelish xarajatlari davlat hisobidan qoplab berildi.
Shifoxonalarda davolanish jarayonida katta qarzga tushgan 12 nafar fuqaroga chegirmalar qilinib, ularning vatanga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Turkiyada hujjatsiz qolgan 27 nafar fuqaroga yordam berilib, zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.
Turkiyada hujjatlarni tekshirish kuchaytirilgan. Shuning uchun:
- pasport va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni yoningizda olib yuring;
- mahalliy qonun-qoidalarga rioya qiling;
- favqulodda vaziyatlarda konsulxonaga murojaat qiling.
Mavzuga oid
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026