Nizomga ko‘ra, olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tovarlarning ixtiyoriy yoki soxta bojxona qiymatidan foydalanishga asoslanmasligi kerak.

Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:

▪️ 1-usul: olib chiqiladigan tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;
▪️ 2-usul: aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;
▪️ 3-usul: o‘xshash tovarga doir bitimning qiymati bo‘yicha;
▪️ 5-usul: qiymatlarni qo‘shish asosida;
▪️ 6-usul: zaxira usul.

1-usul olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi.

Agar olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 1-usulini qo‘llash mumkin bo‘lmasa, boshqa usullar ketma-ketlikda qo‘llaniladi.

Bojxona qiymatini aniqlashning boshlang‘ich nuqtasi har doim haqiqatda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan qiymatni, ya’ni sotib oluvchi sotuvchiga to‘lagan yoki to‘lashi lozim bo‘lgan haqiqiy xarajatlarni belgilash hisoblanadi.