Toşkentda özganing sumkasini aeroportdan ötkazib bermoqçi bölgan yölovçi sintetik narkotik bilan uşlandi, deb xabar berdi Bojxona qömitasi matbuot kotibi.

Qayd qilinişiça, Istanbul – Toşkent reysi bilan uçib kelgan yölovçining yuklari orasida yeryonğoq solingan öram içida 598 dona tabletka körinişidagi sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Ma’lum bölişiça, yölovçi Turkiyada notaniş şaxsning sumkasini 35 dollar evaziga Toşkentga olib kelişga rozi bölgan.

Bojxona qömitasi fuqarolarni begonalarning narsalarini çegara-bojxona postlaridan olib ötmaslikka çaqirdi.