Bojxona organlari tomonidan joriy yilda ötkazilgan tezkor tadbirlar hamda bojxona nazorati jarayonida jami 119 ta holatda qiymati 2,3 mlrd. sömdan ziyod 7 mln. 250 ming donadan ortiq pirotexnika buyumlari uşlab qolindi. Bu haqda Bojxona qömitasi axborot xizmati rahbari Husan Tangriyev ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, bojxona organlari tomonidan aniqlangan holatlarning 10 tasi böyiça jinoyat işlari qözğatilgan, 80 ta holatda ma’muriy işlar yuritilgan.
Noqonuniy muomaladan olib qöyilgan barça pirotexnika vositalari vaqtinça saqlaş uçun xududiy favqulodda vaziyatlar boşqarmalariga topşirilgan.
Tangriyevning sözlariga köra, pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasiga doir holatlarga duç kelganda Bojxona qömitasining keçayu kunduz faoliyat yuritayotgan 1108 qisqa raqamli işonç telefoni orqali xabar beriş mumkin. Bunda murojaatlar anonimligi kafolatlanadi.

















