Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Rahbar kadrlarni tayyorlash markazi vakillari hamda 10 dan ortiq vazirlik va idoralarning kadrlar bo‘linmalari xodimlari boshqaruv samaradorligi va inson resurslarini boshqarish tajribasiga oid taqdimot bilan tanishdi.

Unda inson omilisiz ishga qabul qilish elektron platformasi imkoniyatlari taqdimot qilindi. Ushbu platforma sun’iy idrok yordamida bir necha minglab nomzodlar bilan onlayn suhbatlashish hamda munosib nomzodlarni saralab olishga, an’anaviy tartibga ko‘ra nomzodlarni saralash uchun sarflanishi mumkin bo‘lgan vaqtni tejashga yordam beradi.

Bu kabi platformalar bir qator rivojlangan davlatlarda, shuningdek, Amazon, Tesla, Samsung va LG kabi yirik kompaniyalarda yo‘lga qo‘yilgan.