Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadagi XSI rahbari NATO qo‘shinlarini Ukrainaga yuborishga qarshi
XSI yetakchisi Markus Zyoderning ishonchi komilki, Bundesver Ukrainaga askarlar jo‘natishga tayyor emas. Siyosatchi mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun mehnatga layoqatli ukrainaliklarni o‘z vataniga qaytarish varianti to‘liq qonuniy, deb hisoblaydi.
Bavariya konservativ Xristian-sotsial ittifoq (XSI) partiyasi rahbari va Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari doirasida Bundesverni Ukrainaga yuborish g‘oyasini rad etdi. «U yerda NATO qo‘shinlari joylashtirilishini tasavvur qilish qiyin. Rossiya buni hech qanday sharoitda qabul qilmaydi. Axir bu Ukrainaning NATOga qo‘shilishi yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lardi», — dedi siyosatchi Rheinische Post gazetasiga bergan intervyusida.
XSI yetakchisiga ko‘ra, Germaniya bir qator sabablarga ko‘ra o‘z kontingentini Ukrainaga joylashtirishga tayyor emas. «Bundesver bunga tayyor emas. U moliyaviy tomondan ham, kadrlar jihatidan ham imkoniyatlari chegarasida. Shuning uchun yana harbiy xizmatga chaqirish zarur. Oxir-oqibat, bundan qutulib bo‘lmaydi», — deya ta’kidladi Zyoder.
Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal etishda muvaffaqiyatlar kuzatilmagan bir paytda, Markus Zyoder «mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun mehnatga layoqatli ukrainaliklarni o‘z vataniga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqish mutlaqo qonuniy», deb hisoblaydi. Siyosatchi, shuningdek, qora-qizil koalitsiyaning Germaniyadagi ukrainalik qochqinlar uchun asosiy ijtimoiy nafaqalar yoki «Burgergeld» deb atalmish fuqarolik nafaqasini to‘lash bo‘yicha rejalaridan boshqacha yo‘nalish tarafdori.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
10:15 / 08.06.2026