5 sentabr kuni Tataristonning Zayinsk tumanida yuz bergan YTH natijada uç kişi halok böldi. Kun.uz manbalariga köra, halok bölganlarning barçasi Özbekiston fuqarolari bölgan.
Tatariston prokuraturasi yöl-transport hodisasi Naberejniy Çelny–Olmetevsk yölining 38-kilometrida sodir bölganini ma’lum qildi. Nexia yengil avtomobili noma’lum sababga köra qarama-qarşi yölga çiqib ketib, MAN yuk maşinasi bilan yuzma-yuz töqnaşgan.

«Zarb kuçi şunçalik kuçli bölganki, yengil maşina deformatsiyaga uçrab, temir massasiga aylangan. Avtomobil haydovçisi va ikki yölovçi olgan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bölgan», deyiladi mahalliy OAVlar tarqatgan xabarda.
Hodisa yuzasidan hozirda tergov işlari olib borilmoqda. Prokuratura jarayonni öz nazoratiga olgan.
Özbekistonning Qozon şahridagi konsulligi YTH natijasida Özbekistonning 3 nafar fuqarosi voqea joyida vafot etganini tasdiqladi.
«Vaziyat Boş konsulxona tomonidan nazoratga olinib, zarur jarayonlari tugatilganidan söng jasadlarni Migratsiya agentligi hisobidan Özbekistonga yuboriş rejalaştirilgan”, deyiladi konsulxona Kun.uz'ga taqdim qilgan ma’lumotda.
Ma’lum bölişiça, YTH oqibatida 35, 33 va 30 yoşli, asli Namangan viloyatida yaşovçi yoş yigitlar vafot etgan. Kun.uz marhumlarning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.














