Joriy yilning 7 sentabr kuni soat 21:30 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
BYD rusumli transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, svetofor ustuniga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.














