Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirişning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 sud-ekspertlik faoliyatini raqamlaştiriş va sun’iy intellektdan foydalaniş orqali tadqiqotlarning tezkorligi, xolisligi va töliqligini ta’minlaş;
🔹 sud-ekspertiza taşkilotlari va ekspertiza tayinlovçi organlarning axborot tizimlarini özaro integratsiya qiliş orqali sohada elektron hujjatlar almaşinuvi hajmini 100 foizga yetkaziş.

Qarorga köra, sudlar, tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv, dastlabki tergov va ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqişga vakolati organlar bilan elektron hujjatlar almaşinuvini ta’minlovçi E-ekspertiza axborot tizimi sud-ekspertiza taşkilotlari faoliyatiga töliq joriy etiladi.

E-ekspertiza platformasi va ekspertiza tayinlovçi organlarning axborot tizimlari örtasida elektron axborot almaşinuvi quyidagi bosqiçlarda yölga qöyiladi:

🔸 2026 yil 1 yanvardan respublika darajasidagi ekspertiza tayinlovçi organlarda;
🔸 2026 yil 1 iyundan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri darajasidagi ekspertiza tayinlovçi organlarda;
🔸 2026 yil 1 sentabrdan tuman (şahar) darajasidagi ekspertiza tayinlovçi organlarda.