Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 4 ta avtomashina: 2 ta Nexia-3, Lacetti, ZIL rusumli yuk avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.
Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu YTH oqibatida Bunyodkor shohko‘chasi bo‘ylab bir muddat qisqa tirbandlik yuzaga kelgan va zudlik bilan bartaraf qilingan.















