Uç nafar qarindoşini zaharli qöziqorin bilan zaharlagan avstraliyalik Erin Patterson 8 sentabr kuni kuni umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Melburndagi Viktoriya ştati Oliy sudi sudyasi Kristofer Bil uç nafar qarindoşini öldirgani va yana bir kişini öldirişga uringani uçun Erin Patterson umrining qolgan qismini qattiq rejimli qamoqxonada ötkazişi va nazariy jihatdan faqat 2056 yilda, 83 yoşga tölganida muddatidan oldin ozodlikka çiqişi mumkinligi haqida qaror çiqardi.

Şu yil iyul oyida hakamlar hay’ati Erin Pattersonni uç kişini qasddan öldirganlikda va yana bir kişini öldirişga urinişda aybdor deb topgan edi.

Qayd qilinişiça, 2023 yil yozida Patterson sobiq erining ota-onasini, uning xolasi va uning erini keçki ovqatga taklif qilgan va ularga göştli/qöziqorinli taom bergan. Keyinçalik, sobiq erining ota-onasi va xolasi zaharlanişdan vafot etgan, biroq şifokorlar xolasining eri hayotini saqlab qolişga muvaffaq bölgan.

Ta’kidlanişiça, Pattersonning sobiq eri ham keçki ovqatga taklif qilingan, biroq u kelmagan.

Ma’lum qilinişiça, Patterson va sobiq eri örtasida aliment böyiça ziddiyat bölgan. Ayol erining ota-onasidan yordam kutgan, biroq, ular mojaroga aralaşmagan.

Pattersonning advokatlari sudda zaharli qöziqorinlar taomga tasodifan tuşib qolganini va unda qotillik niyati bölmaganini ta’kidladi.

Hakamlar hay’ati öz qarorini qabul qiliş uçun olti kun muhokama ötkazdi.