Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Sent-Lyusiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
Kecha Nyu-York shahrida O‘zbekiston bilan Sent-Lyusiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi.
Foto: "Dunyo" AA
Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Sent-Lyusiyaning BMTdagi doimiy vakili Menissa Rambali imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish uchun ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning Karib havzasi mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorligini faollashtirishda muhim qadam bo‘ldi.

Shu tariqa, Karib dengizining sharqiy qismida joylashgan Sent-Lyusiya orol davlati O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 163-davlat bo‘ldi.
O‘zbekiston 2025 yil 10 iyul kuni Afrikadagi Eritreya mamlakati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan edi.
Mavzuga oid
18:59 / 04.03.2026
Turkiya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 34 yilligini nishonlamoqda
07:19 / 04.03.2026
Dunyodagi eng obro‘li davlatlar - 2026 yil ro‘yxati
20:21 / 15.01.2026
O‘zbekistonning Tashqi siyosat konsepsiyasi yangilanadi
11:28 / 31.12.2025