Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon kompaniyasi O‘zbekistonda neft konini o‘zlashtirishga kirishdi
Ukrainaning Open4business i Fixygen elektron nashrlarida "Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasi o‘zbekistonda neft konini o‘zlashtirishga kirishdi" sarlavhali maqolalar e’lon qilindi.
Foto: AP
SOCAR O‘zbekistonda neft konini o‘zlashtirishga kirishdi. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 22 avgust kuni Turkmanboshi shahrida O‘zbekiston prezidenti va Turkmaniston xalq maslahati raisi bilan bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuvda ma’lum qildi", – deb yozilgan maqolada.
Maqolada Ozarboyjon prezidentining mazkur loyiha haqidagi fikrlaridan quyidagi iqtibos keltirilgan: "Turkmaniston bilan an’anaviy energetika sohasidagi hamkorligimiz mavjud. O‘zbekiston bilan ham ushbu sohaga kirdik. Bizning SOCAR davlat neft kompaniyamiz O‘zbekistonda neft konini o‘zlashtirishni boshladi, shartnoma allaqachon imzolangan".
Shuningdek, nashrda Ozarboyjon yaqin yillar ichida ish natijalari haqida "yaxshi yangilik" kutayotgani haqida ham ta’kidlangan.
"Loyiha qiymati 2 milliard dollarga baholanmoqda. Yaqin besh yil ichida loyiha operatori sifatida ish olib boradigan SOCAR kamida 1000 kv km maydonda 3D seysmik qidiruv ishlarini o‘tkazadi va kamida bitta quduq burg‘ilaydi. Agar sanoat miqyosidagi kon topilsa, tomonlar uni o‘zlashtirishga kirishadi. Prognozlarga ko‘ra, zaxiralar 100 million tonnagacha neft va 35 milliard kub metr gazni tashkil etishi mumkin", – deb yozilgan materialda.
Mavzuga oid
19:20 / 15.04.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
22:27 / 14.04.2026
Prezident neft-gaz tarmog‘ida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashni buyurdi
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
18:59 / 13.04.2026