Qayd etilishicha, uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda yeparxiya bilan hamkorlikda rus tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan sinfxonalar tashkil etishga kelishib olishdi.
Ta’kidlanishicha, Sankt-Peterburg ushbu sinfxonalar uchun o‘quv materiallari taqdim etishga tayyor.
Bundan tashqari, qo‘shma ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish, yozgi ta’lim lagerlari tashkil etish taklifi ham bildirildi. Bu lagerlarda pravoslav madaniyati asoslari o‘rgatiladi.
Shuningdek, Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiya prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ldi. Muloqot davomida O‘zbekiston – Rossiya o‘zaro manfaatli hamkorligini yanada kengaytirish, Sankt-Peterburg shahri bilan iqtisodiy kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.










