11 sentabr degan sözning özi dunyodagi millionlab odamlar şuurida dahşat uyğotadi. Yangi asrning ilk 11 sentabrida dunyoni bir neça daqiqa xaos örab olgandi. Öşa kuni dunyoda hamma himoyasizdek köringandi. Maşhur serialda aytilganidek, dunyo 11 sentabr va undan keyingi davrga bölinadi. Bugun 2001 yil Nyu Yorkda sodir etilgan terakt haqida gaplaşamiz.

Ğoyaviy asos

11 sentabr haqida gapirganda odatda ikkita samolyot butunjahon savdo markaziga urilgani haqida hikoya qiliş bilan çeklanişadi. Keling, bugun bu işga qöl urganlar nega bunday qilgani, ularni qanday da’vo bunga undagani haqida ham gaplaşsak. Şu uçun 2001 yildan emas, biroz avvalroqdan boşlaymiz.

1970-yillar, Jidda. Saudiyalik milliarder, qirollik oilasi bilan juda yaqin bölgan oila vakili Muhammad ibn Avadaning xotirjam, odobli, doim öylab gapiradigan öğli döstlari bilan televizor körib ötirardi. Yigit Isroil Falastin yerlarini bosib olgani va u yerdagi millatdoşlariga yordam bera olmayotganidan ezilib yurgan öşa paytida televizorda isroillik politsiyaçilar Falastinda himoyasiz ayollar va bolalarni urayotganini körib qoladi. Yigit dodlab yiğlab yuboradi va döstlariga qarab şunday deydi: biz hali qasos olamiz.

Bu kamgap yigitning qasosi qançalik dahşatli bölişini heç kim tasavvur qila olmasdi. Yigitning ismi Usama edi. Uning otasi qirollik oilasidan bölmagan eng boy saudiyalik edi. Muhammad ibn Lodin vafotiga qadar Quddusdagi Aqso masjidi ta’miri bilan şaxsan şuğullanib kelgan. 1967 yil aviahalokatda ölgan milliarderning barça boyligi öğli Usama bin Lodinga qoladi.

Yigit otasidan juda katta pul meros qolgan bölsa-da, haşamatga, dabdabali hayotga qiziqmaydi. 21 yoş vaqtida universitetdagi öqişini taşlab, sovet qöşinlariga qarşi kuraşayotgan mujohidlarga yordam beriş uçun avval Pokistonga, keyin Afğonistonga yöl oladi. Va öşa yerda global jihod ğoyasi asosida öz tarafdorlarini yiğa boşlaydi. Unga arab davlatlaridan juda katta pul oqib boradi.

Bin Lodin Afğonistonda mujohidlar uçun yöllar, arab jangçilari uçun yerosti harbiy lager quradi. Va oxir-oqibat “Al Qoida” deb atalmiş terror taşkilotiga asos soladi. U şu qadar radikallaşib ketadiki, yaqin tarafdorlari ham yonidan keta boşlaydi. Biroq qasos ötida yonayotgan Usamani heç kim töxtata olmasdi. Va bin Lodin 2001 yil 11 sentabr kuni özi qasos deb atagan dahşatli teraktni amalga oşiradi.

Bu insoniyat tarixidagi eng dahşatli terakt edi. Şunçalik dahşatliki, har yili milliardlab dollar budjetga ega böladigan Amerika harbiylari-yu, maxsus xizmatlari teraktni CNN kadridan tomoşa qilişadi xolos.