Import qilingan avtomobillarni Piskentdagi avtopoligonda sinovdan o‘tkazish boshlanganidan 1 yil o‘tmay, kutilmaganda bekor qilindi. Bir qarashda bu yaxshi yangilik bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo savollar hali juda ko‘p. Xo‘sh, endi avtomobil importida nima o‘zgardi? Bosh vazir o‘rinbosari imzolaydigan bayon bojxona tartib-taomillariga ta’sir qiluvchi yuridik hujjat bo‘la oladimi? Nima sabab ayrim mahsulotlar importi "mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llash" fonida u yoki bu ko‘rinishdagi siquvlarga uchrayveradi? Shu kabi savollarni faollar hamda Bojxona qo‘mitasi vakillari bilan Kun.uz studiyasida muhokama qilamiz.
Avtomobil va tovar importidagi beqaror talablar: rasmiylar va faollar bilan suhbat
18:36 / 13.09.20258 6081 min














