Kutilmagan özgariş va qamoqdagi hokim - hafta dayjesti
|03:00 / 07.09.202530 52314 min
Piskentdagi sinovlar kutilmaganda töxtatildi: davlat avtomobil narxlarini “maqbullaştirmoqçi”. AI-80 benzinining ulgurji savdosi tugadi: uning örnini prisadkali 92+ egallaydi. “Dom” quriş uçun 60 ming dollar: Özbekistondagi ikkinçi eng katta şahar hokimi pora bilan uşlandi. Avgust imtihonlaridan xulosalar: maktab bitiruvçilarining katta qismi “ikki” baho olgan, qator viloyatlarda ahvol çatoq.
Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim yangiliklari – Kun.uz dayjestida.
Piskentdagi sinovlar – bekor
Import qilingan avtomobillarni Piskentdagi avtopoligonda sinovdan ötkaziş boşlanganidan 1 yil ötmay, kutilmaganda bekor qilindi. 2 sentabr kuni Texnik tartibga soliş agentligi sinovlar töxtatilganini e’lon qilib, buni dilerlik markazlari soni keskin köpaygani bilan izohladi. Agentlikka köra, xorijiy avtomobil işlab çiqaruvçilarning Özbekistondagi rasmiy dilerlari 2024 yilgaça atigi 3 ta bölgan, hozir esa 21 taga yetgan, şu munosabat bilan jismoniy şaxslar öz nomiga olib kirgan maşinalarni qöşimça sinovdan ötkazişga göyoki zarurat qolmagan.
Albatta, bu izohning yopişmaydigan joylari köp. Katta ehtimol bilan, avtopoligon talabi dilerlar soni oşgani uçun emas, şunçaki yuqoridan topşiriq bölgani uçun bekor qilingan. Şu paytgaça berib kelingan bayonotlardan kelib çiqilsa, davlat bu laboratoriyani quriş uçun millionlab dollar taşqi qarz olayotgan vaqtda: “Dilerlar soni 20 tadan oşsa, töxtatamiz” degan maqsadda bölmagani aniq.
Nima bölganda ham, öz nomiga avtomobil olib kiradigan jismoniy şaxslarning xarajati biroz bölsa-da kamaydi: Piskentdagi sinov uçun 2 mln 116 ming söm tölaş kerak edi. Eng muhimi, bir neça oy navbat kutiş degan ortiqça boşoğriq yöqoldi. Qolaversa, ötgan vaqt davomida avtopoligonda taniş-bilişçilik orqali navbatni aylanib ötiş
Internetda tarqalgan mas’ul komissiya bayonidan ma’lum bölişiça, bu amaliyotni töxtatiş topşiriği Prezident administratsiyasidan kelgan. Va bu topşiriq faqat sinovlarni bekor qilişdan iborat emas. Raqobat qömitasi va Iqtisodiyot vazirligiga yuklatilgan vazifaga köra, 1 oy muddat içida mahalliy işlab çiqaruvçilar, rasmiy va norasmiy dilerlar sotayotgan avtomobil narxlaridagi tafovutlar tahlil qilinib, narxlarni maqbullaştiriş va tartibga soliş böyiça administratsiyaga taklif kiritilişi kerak.
“Narxlarni maqbullaştiriş va tartibga soliş” deganda nima nazarda tutilayotgani hozirça tuşunarsiz. Agar gap: “Utilizatsiya yiğimi va boj tölamaydigan kompaniyalardagi narxlar qanday qilib heç qanaqa imtiyozi yöq, donalab maşina olib kiradiganlarga qaraganda qimmatroq?” degan savol haqida ketayotgan bölsa, bu umidbaxş topşiriqdek körinadi. Amalda bozorni nimalar kutayotganini esa, faqat vaqt körsatadi.
AYoQŞlarga AI-80 sotuvi töxtadi
Bir neça yildan beri ortga surib kelingan rejalardan biri şu hafta amalga oşdi: birjada AI-80 benzini sotuvi töxtatildi. “Özbekneftgaz” xabariga köra, avgust oyida tuzilgan bitimlar böyiça şoxobçalarga AI-80 benzini sentabrda ham yetkazib beriladi, lekin yangi bitimlar tuzilmaydi. Şu tariqa, yaqin haftalarda benzinning eng arzon turi şoxobçalarda qolmasligi kutilyapti.
AI-80dan voz keçiş – 2025 yilgi davlat dasturida belgilangan vazifa. Bu yoqilği Yevro-4 standartiga javob bermaydi, zamonaviy avtomobillarning dvigateliga ham mos emas. Şu bilan birga, undan voz keçiş benzinda yuradigan haydovçilar uçun yoqilği xarajatining oşişini anglatadi. AI-80 va AI-92 narxlari qariyb 20 foizga farq qilsa, AI-92 va metan narxidagi farq undan ham katta. Demak, gaz bölmaydigan qiş oylarida aksariyat haydovçilar bunga tayyor turişi kerak.
“Özbekneftgaz” xabarida AI-80 töxtatilişi munosabati bilan birjada AI-92 taklifi 70 foizga oşirilgani aytilgan. Kompaniya içki bozor talabidan kelib çiqib, bu hajmlarni oşiriş imkoniyati borligini bildirgan. Eslatib ötamiz, avvalroq xitoylik hamkorlar bilan birga AI-92ga prisadka qöşgan holda seriyali işlab çiqariş yölga qöyilgani ma’lum bölgandi. Bu esa qimmat narxda benzin sotib olayotgan iste’molçilarni taşvişlantirişi tabiiy. Iyul oyida Kun.uz studiyasidagi suhbatda Raqobat qömitasi boşqarma boşliği Uluğbek Davletov 92+ markasi ostida prisadkali benzin işlab çiqarişga qömita tomonidan e’tiroz bildirilganini aytgandi. “E’tiroz bildirganimiz uçun hozir tölaqonli AI-92ga ötiş masalasi körib çiqilyapti”, degandi iste’molçilar huquqini himoya qiliş böyiça vakolatli organ rasmiysi.
Oxirgi paytlarda qurbi yetgan qatlam elektromobil olişga qaror qilayotgani – aynan benzin narxi va sifati bilan ham boğliq bölsa ajab emas. Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilning dastlabki 8 oyida benzinda yuradigan maşinalardan 2,5 barobar köp elektromobil import qilingan. E’tiborlisi, oxirgi 2 oyda elektromobillar importi keskin ösgan. Yanvar-iyun oylarida jami 14 355 ta elektromobil olib kirilgan bölsa, iyul-avgust oylarida bundan ham köproq: 14 593 ta elektrokar import qilingan. Birdaniga bunday keskin ösişga nima sabab bölgani hozirça ma’lum emas.
Avgustdagi imtihon natijalari
Maktabni şu yil bitirib, oliygohga kiriş uçun imtihon topşirgan yoşlarning 29 foizi “ikkiçi” ekani ma’lum böldi. Bilim va malakalarni baholaş agentligi oçiqlagan statistikaga köra, avgust oyidagi testlarda 395 ming nafar joriy yilgi bitiruvçilar qatnaşgan bölib, ularning 116 ming nafari, ya’ni 29 foizi minimal ötiş ballini ham töplolmagan. Ötgan yili bu körsatkiç 36 foiz bölganiga qaraganda, ijobiy özgariş borga öxşaydi. Şu bilan birga, maktabni endigina tugatgan yoşlarning çorak qismidan köproği maksimal ballning 30 foizini ham yiğa olmasligi – yo ta’limning, yo testlarning sifatini şubha ostiga qöyadi.
Bitiruvçilar töplagan örtaça ballarga qaraganda, maktab ta’limining sifati (yoki ota-onalarning farzand ta’limiga e’tibori) böyiça respublikada Buxoro va Navoiy viloyatlari hamda Toşkent şahri yetakçilik qilyapti. Bu yilgi imtihonlarda buxorolik bitiruvçilar örtaça 96 ball, ularning navoiylik tengdoşlari örtaça 90 ball, maktabni şu yil tamomlagan toşkentlik yigit-qizlar esa örtaça 87,5 ball töplagan.
Bitiruvçilarning örtaça körsatkiçi eng past hudud – Surxondaryo (74 ball). Undan keyingi örinlarni bir ballik farq bilan Toşkent va Andijon viloyatlari egallaydi. Respublika böyiça 619 nafar maktab bitiruvçisi maksimal ballni töplagan, bu – ötgan yilga qaraganda 5 barobarga köp. Umuman olganda, maktabni bu yil tamomlagan yoşlarning 26 foizi talaba böldi.
Namangan şahri hokimi – qamoqda
Aholi soni böyiça Özbekistonning ikkinçi eng katta şahri – Namangan şahar hokimi poraxörlikda ayblanib hibsga olindi. DXX xabariga köra, Anvar Otaxöjayev hokimlik devonxona mudiri orqali 60 ming dollar olgan vaqtida uşlangan. U şahardagi 35 sotix yerda joylaşgan eski uy-joylar örniga köp qavatli uy quriş huquqini olib beriş va moliyalaştiriş va’dasi bilan pora olganlikda gumonlanyapti. Otaxöjayev avvalroq Namangandagi noqonuniy radarlarni oldirib taşlaş talabi bilan jamoatçilik e’tiboriga tuşgandi.
Bu hafta jinoyat ustida uşlangani xabar qilingan mulozimlar röyxatida hokimdan taşqari tergovçi, soliqçi, quriliş va qişloq xöjaligi mansabdorlari ham bor. Xususan, Angren şahrida fuqaroga nisbatan jinoyat işi qözğatmaslik uçun 10 ming dollar sörab, şundan 5 ming dollarini olgan içki işlar tergovçisi qölga olindi. Surxondaryoda Denov tumani soliq inspektori 6 mln söm pora olgan vaqtida uşlandi. Farğonadagi kiçik sanoat zonasi xodimi 15 ming dollarga yer sotayotgan payti töxtatib qolindi. Zangiota tumani qişloq xöjaligi bölimi boş mutaxassisi 20 ming dollar, Toşkent viloyati quriliş boşqarmasi yuristi esa 15 ming dollar bilan qölga tuşdi.
Hafta davomida, şuningdek, quriliş sohasidagi korrupsiya kölami haqida gapirgan tadbirkorning sözlari muhokamalarga sabab böldi. Savdo-sanoat palatasi quriliş sohasi vakillari bilan ötkazgan oçiq muloqotda qatnaşgan tadbirkor Usmonjon Abdusamatovning aytişiça, quriliş bilan boğliq hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun beriladigan poralar miqdori bitta uy uçun Toşkent viloyatida 100 ming dollargaça, Toşkent şahrida 200 ming dollargaça yetişi mumkin.
“Ruxsatnomaga “zayavka” taşlayapmiz – “otkaz”. “Zayavka” taşlayapmiz – “otkaz”. Toki haligi manziliga borib, “assalomu alaykum” bölmagunça... Töğri gapni gapirişimiz kerak. Bu töğridan töğri ertangi xarajatimizga ta’sir qilyapti. Misol uçun, bitta uyni 500 ming dollarga kötarayotgan bölsak, kimgadir 50 ming, kimgadir 100 ming, kimgadir 20 ming bölib, u öşa joyga minib qolyapti”, dedi u.
Quruvçi asossiz rad javobini berganlik uçun mas’ullarni javobgarlikka tortişni söradi. Bunga javoban Quriliş vazirligi hujjatlarni kelişiş elektron şaklda bölişi, arizaçi va davlat xizmatçisi örtasida özaro muloqotga yöl qöyilmasligini ma’lum qildi. Vazirlik korrupsiyaga duç kelgan fuqarolardan bu haqda xabar berişni söramoqda.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Taşqi işlar vazirligi Moskvada özbek muhojirini haqoratlagan rus millatçisiga çora körişni söradi. Ma’lum qilinişiça, özbeklarni “ruslarning quli” deb atagan erkakning şaxsini aniqlaş va unga nisbatan çora köriş haqida Rossiya tomoniga nota yuborilgan. Rasmiy bayonotda “bu haqda qöşimça ma’lumot beriladi” degan jumla yöq bölsa-da, yuborilgan notaning natijasi nima bölgani haqida tez orada xabar berilişiga umid qilib qolamiz. Eslatib ötamiz, biz ötgan hafta dayjestimizda özbeklarga qaratilgan qöpol haqoratni TIV javobsiz qoldirganini tanqid ostiga olgan edik. Vazirlikning nota yuborilgani haqidagi bayonoti ana şu tanqidlardan keyin, voqea videosi tarqalganidan 9 kun ötib yangragani e’tiborga molik.
Toşkentda uy-joy narxlarining arzonlaşişi tezlaşdi. 2025 yilning birinçi yarmida ham birlamçi, ham ikkilamçi bozordagi kvartiralar narxi Toşkent şahrida 14 foizga, Toşkent viloyatida esa 9 foizga pasaygan. Bu haqda Ipotekani qayta moliyalaştiriş kompaniyasi hisobotida söz boradi. Ayni paytda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida uy-joy narxlari kötarilişda davom etyapti. Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovning sözlariga köra, quriliş sohasini soyadan çiqariş uçun birlamçi bozordan uy olgan vatandoşlarga 5-6 foiz keşbek beriş masalasi muhokama qilinyapti. Hozir quruvçilar 90 foiz yangi kvartiralarni soliq tölamasdan sotyapti, deydi Davron Vahobov.
Avtomobilning davlat raqamida sonlar emas, sözlarni yoziş imkoniyati Özbekistonda ham paydo böladi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra, kelasi yildan e’tiboran 6 tagaça harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat “noyob” davlat raqamlari auksionda paydo böladi. Bu degani, köçalarda “SARVAR”, “AZIZA”, “ODIL” yoki “BUXORO” deb yozilgan raqamli maşinalarni uçratiş mumkin böladi. Ma’lumot uçun, bunday tartib dunyoning bir qator davlatlarida allaqaçon joriy etilgan bölib, u davlat uçun budjetga qöşimça tuşum manbayi bölib xizmat qiladi, qiziquvçan vatandoşlarda esa “777”ga öxşaş “oltin” raqamlarga muqobil, ehtimol ulardan ham qimmat yangi tanlov imkoniyati paydo böladi.
Soyadan çiqarişga harakat qilinayotgan yana bir soha – qişloq xöjaligi. Şu maqsadda, prezident huzuridagi yiğilişda köplab turdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari uçun QQSni bekor qilişga qaror qilindi. Bu tartib 1 yanvardan kuçga kiradi va QQSdan ozod qilinadigan mahsulotlar röyxati har yili e’lon qilib boriladi. Röyxatga meva-sabzavotlar, göşt, sut, tuxum va boşqa mahsulotlar kiritiladi, paxta va ğalla uçun QQS saqlanib qoladi. Respublika böyiça fermerlarning qariyb yarmi bu yangilikdan bevosita manfaatdor böladi, dedi qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov. Iqtisodçi Yuliy Yusupovga köra, mazkur holatda QQS zanjirining uzilişi közda tutilayotgan manfaatni yöqqa çiqarişi mumkin, çunki fermer tölamagan QQSni keyingi bosqiçda baribir kimdir tölaydi. Şu sabab uşbu nol stavkali QQS çakana savdo va umumiy ovqatlaniş sohasini ham qamrab olişi kerak, deydi boşqa bir iqtisodçi Otabek Bakirov.
Gaz quyiş şoxobçalarida kuzatilayotgan ketma-ket favqulodda holatlardan navbatdagisi Andijonda röy berdi. Juma kuni Andijon tumanidagi propan şoxobçasida yuk maşinasi sisternasidan suyultirilgan gazni tökiş vaqtida yonğin kelib çiqdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining dastlabki xabariga qaraganda, yonğin 1 soatdan ortiqroq davom etgan. Jarohat olganlar töğrisida ma’lumot kelib tuşmagan. Eslatib ötamiz, oxirgi paytlarda yonilği quyiş, saqlaş va taşiş korxonalarida juda köp yonğin va portlaşlar röy beryapti. Ötgan oyda FVV bu borada murojaat bilan çiqib, şoxobçalar mas’ullaridan xavfsizlik qoidalariga bee’tibor bölmaslikka çaqirgandi.
Muallif – Komron Çegaboyev Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruz Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova