Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yarim yilga uzaytirdi
Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya kompaniyalari va jismoniy shaxslariga nisbatan sanksiyalarni uzaytirishga kelishib oldi. «Biz Putinning urush olib borish uchun pul olishiga to‘sqinlik qilishda davom etamiz», - dedi Kaya Kallas.
Foto: AP
12 sentabr, juma kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishiga javoban Rossiya kompaniyalari va jismoniy shaxslariga nisbatan amaldagi sanksiyalarni olti oyga uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas xabar berdi.
U, shuningdek, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi, 19-sanksiyalar paketi ustida ishlashni yakunlayotganini ta’kidladi. Kallasning so‘zlariga ko‘ra, ushbu paket Rossiya Federatsiyasining «soyadagi floti» va banklariga qaratilgan bo‘lib, Rossiya neftini sotish bo‘yicha keyingi cheklovlarni ham o‘z ichiga oladi.
«Biz Putinning urush olib borish uchun pul olishiga to‘sqinlik qilishda davom etamiz», deb va’da berdi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
OAV xabarlariga ko‘ra, 19-sanksiya paketi doirasida Yevropa Ittifoqi Rossiya fuqarolariga sayyohlik vizalari berilishini yanada cheklashi mumkin. 12 sentabr kuni dpa agentligi Germaniya hukumati rossiyaliklar uchun viza rejimini kuchaytirish tarafdori ekanini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
12:52 / 24.01.2026
Rossiya tankeri O‘rta Yer dengizida boshqaruvni yo‘qotdi
15:54 / 22.01.2026
Merkosur bilan erkin savdo kelishuvi: yevrodeputatlar yuridik tekshiruv talab qildi
12:17 / 19.01.2026
Yevroittifoq AQSh bilan savdo kelishuvini ratifikatsiya qilishni to‘xtatadi
16:16 / 30.12.2025