Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda Nexia yuqori tezlikda moped va velosipedchini urib yubordi
Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Aniqlanishicha, joriy yilning 4 sentabr kuni Qo‘rg‘ontepa tumani Xonko‘cha mahallasi hududidan o‘tgan D-137 “Teshiktosh-Oyim Qo‘rg‘ontepa-Yorqishloq” avtomobil yo‘lining 48-kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
1996 yilda tug‘ilgan haydovchi A.Q. o‘zining boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasini Qo‘rg‘ontepa yo‘nalishida boshqarib kelib, tartibga solingan chorrahada svetoforning “qizil” chirog‘ida harakatlanib o‘tib, chorrahaning chap tomonidan chiqayotgan moped bilan to‘qnashuv sodir etib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetida harakatlanib kelayotgan velosiped haydovchisini ham urib yuborgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida, moped haydovchisi Sh.A. hamda velosiped haydovchisi B.N. yengil tan jarohati olib, Qo‘rg‘ontepa tumani shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga murojaat qilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qoidabuzarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo chorasi ko‘rilishi ta’minlanadi.
Mavzuga oid
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
21:08 / 26.04.2026
Andijonda ikki kishini katta pul evaziga haj ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
15:39 / 26.04.2026