Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida narx oshishi sekinlashib boryapti
Ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyat o‘zgarib boryapti. 2025 yilga kelib narxlarning o‘zgarishi deyarli «muzlab» qoldi. Bu ko‘chmas mulkning investitsiyaviy foydaliligini ham sezilarli darajada kamaytiradi. Hozirdagi daromadlilik bilan «sotib olasan → tezda qayta sotasan → ko‘p pul topasan» modeli ishlamaydi. Endi bu ko‘proq «sotib olasan → uzoq kutasan → balki pul toparsan» ko‘rinishiga o‘zgargan.
Foto: Kun.uz
Oxirgi yillarda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida narxlarning keskin o‘sishi kuzatildi. Ammo 2024 yilning ikkinchi yarmiga kelib bu tendensiya o‘zgara boshlagan. Beshtor Telegram-kanalining e’tibor qaratishicha, joriy yildan boshlab narxlarning o‘zgarishi deyarli «muzlab» qolgan.
Umuman olganda, xaridorlar soni kamayib, qurilishlar ko‘paydi. Natijada bozor sovigan. Bu xaridorga xotirjam holda uy tanlash, savdolashish, turli variantlarni ko‘rib chiqish imkonini beradi. Masalan, 2023 yilda bunday imkoniyat bo‘lmagan, har 6 oy ichida narxlar bir necha ming dollarga oshib borayotgandi.
Hozirgi vaziyat ko‘chmas mulkning investitsiyaviy foydaliligini ham sezilarli darajada kamaytiradi. Hozirdagi daromadlilik bilan «sotib olasan → tezda qayta sotasan → ko‘p pul topasan» modeli ishlamaydi. Endi bu ko‘proq «sotib olasan → uzoq kutasan → balki pul toparsan» ko‘rinishida o‘zgargan.
Ijara masalasida ham xuddi shunday: ilgari dollarda yiliga 8-9 foizgacha daromad olish imkoni bor edi, hozir esa atigi 3-4 foizga tushib qolgan.
Mavzuga oid
09:58 / 23.05.2026
Rossiya bozorida arman mahsulotlariga taqiqlar kuchaymoqda
20:36 / 20.05.2026
Xitoy dunyodagi eng baland gorizontal osmono‘par bino qurilishini yakunladi
14:27 / 20.05.2026
Ko‘chmas mulk bo‘yicha soliqni bozor narxi asosida hisoblash tartibi belgilandi
18:36 / 16.05.2026