Jahon | 07:15 / 15.09.2025
3201
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiya mudofaa vazirligi Rossiya droni mamlakat havo sarhadini buzganini ma’lum qildi

Vazirlikning bildirishicha, dron Ruminiya osmonida 50 daqiqaga yaqin turgan, so‘ngra Ukraina hududi sari yo‘l olgan.

Foto: Getty Images

Ruminiya mudofaa vazirligi 13 sentabr kuni Rossiya droni mamlakat havo sarhadini buzganligini ma’lum qildi.

"RF tomonidan Ukrainaga qarshi hujumlarda qo‘llanilayotgan "Geran" turidagi uchuvchisiz boshqariladigan uchoq 13 sentabr shanba kuni soat 18:05da Ruminiya havo sarhadiga kirdi va Dobruji shimolida patrullik qilayotgan F-16 qiruvchilari tomonidan aniqlandi", - deyiladi vazirlik xabarida.

Mudofaa vazirligining bildirishicha, dron Ruminiya osmonida 50 daqiqaga yaqin turgan, so‘ngra Ukraina hududi sari yo‘l olgan.

"Uchuvchilarga nishonni urib tushirishga ruxsat berildi, lekin ehtimoliy xatarlar hisobga olinib, unga qarata o‘t ochilmadi", - deya ta’kidlagan vazirlik.

Avvalroq Polsha harbiy qo‘mondonligi Rossiya hujumi vaqtida dronlar bir necha bor Polsha havo hududini buzganini bildirgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid