Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada muxolifat namoyishlariga o‘n minglab odamlar keldi
Anqarada muxolifatdagi Respublika xalq partiyasi tarafdorlarining keng ko‘lamli namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ular Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning iste’fosini talab qildi.
14 sentabr, yakshanba kuni Anqarada Turkiyaning eng yirik muxolifat kuchi – Respublika xalq partiyasi (RXP)ning o‘n minglab tarafdorlari ko‘chalarga chiqdi. Reuters xabariga ko‘ra, namoyishchilar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning iste’fosini talab qilib shiorlar bilan chiqqan.
Norozilik 2023 yil noyabrida O‘zg‘ur O‘zel partiya yetakchiligiga saylangan qurultoy natijalarini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish uchun 15 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan sud majlisi oldidan tashkillashtirildi. Agar sud RXP qurultoyi natijalarini haqiqiy emas deb topsa, O‘zel o‘z lavozimidan chetlatilishi mumkin, bu esa Turkiyada 2028 yilgi prezidentlik saylovlari vaqtiga ta’sir qilishi va mamlakatning asosiy muxolifat partiyasida silkinishga olib kelishi mumkin, deya qayd etadi Reuters.
«Bu siyosiy masala. Ayblovlar tuhmat. O‘rtoqlarimiz begunoh. Bo‘layotgan narsa bo‘lajak prezidentga, bo‘lajak hukumatga qarshi qaratilgan to‘ntarish. Biz qarshilik qilamiz», — dedi O‘zel mitingda so‘zga chiqib.
Mavzuga oid
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
18:10 / 15.05.2026
Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
12:03 / 23.04.2026