Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Misrga elektrodlar eksport qilishni boshlaydi
Metallsozlik sanoati vakillari o‘rtasida birinchi O‘zbekiston va Misr biznes-forum va V2V shaklidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Qohiradagi Metal & Steel Middle East ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirlar Misr tomoni bilan qurilish mahsulotlari, jumladan metall mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish va ushbu mamlakatdan xususiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida tashkil etildi.
Biznes-forumda O‘zbekistondan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, Misr tomonidan turli kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida V2V formatida muzokaralar uyushtirildi.
Tadbirlar yakunida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida metallsozlik sohasida hamkorlik qilish va Misrga sifatli elektrodlar eksport qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
09:58 / 09.07.2026
Yonilg‘i inqirozi: Rossiya dizel eksportini to‘xtatdi
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
09:30 / 22.06.2026
O‘zbekiston qaysi mamlakatlarga ko‘proq mahsulot sotmoqda?
22:52 / 20.06.2026