HAMASning Ğazoda qança kuçga ega ekani borasidagi bahslar Isroil aslida kimga qarşi jang qilayotganini savol ostiga qöyişi tabiiy. Netanyahu sud jarayonlari va siyosiy bosim ostida qarorlar qabul qilar ekan, bu uruş uning hokimiyatini saqlaş vositasiga aylanayotgandek körinmoqda. “Geosiyosat”da tahlilçilar Ğazodagi sönggi vaziyat va Netanyahuning sudi borasida öz fikrlarini bildirişdi.

Hamas vakillari Ğazoda qolganmi? Isroil aslida kim bilan uruşyapti?

Şavkat Ikromov: 2019 yilda Benyamin Netanyahuga qarşi sud jarayonlari boşlangan, 2020 yilda esa jarayonlar faollaşdi. 2022–2023 yillarda ayblovlar aniqroq köriniş oldi va uning qamalişi ham, yonidagi maslakdoşlarning jazolanişi ham ehtimoldan yiroq emas edi. Şu holat fonida siyosiy harakatlar va qarorlar oldindan rejalaştirilgan kabi körina boşladi, köpçilik nazarida bu uruş Netanyahuning siyosiy umrini uzaytiriş vositasiga aylangan.

Arab davlatlari ham vaziyatni sezmoqda va “Netanyahu qayerda töxtaydi?” degan savolni berişmoqda. U hozir beparvo deyarli heç kim bilan muzokara qilmayotgandek, çunki HAMASning jismoniy kuraş imkoniyati past deb baholanmoqda. HAMAS yetakçilari esa avval aytganidek: jismonan yöq qilinsa ham, ğoya yaşaydi va şu ğoyaga qarşi kuraş uzoq davom etadi. Ğazoda vaziyat juda oğir: şaharlar vayron qilinmoqda, millionga yaqin aholi köçirilgan yoki köçada qolgan. Bu holat dunyo miqyosida qayğu va hayrat bilan kuzatilmoqda. Şu bilan birga, Isroil böylab Ğazo hujumlarini töxtatiş haqida namoyişlar bölib ötmoqda, asirlarning taqdiri noma’lumligi va ularning hujumlar ostida halok bölişi mumkinligi xalqni bezovta qilmoqda.

Agar Netanyahuning haqiqiy maqsadi asirlarni tezroq qaytarib, uruşni töxtatiş bölganida, u hozirgi quruqlik hujumini amalga oşirmas edi. Muzokaralar orqali asirlarni qaytariş imkoniyatlari mavjud edi, ammo ular töliq işga solinmadi. Sud jarayonlari yaqinlaşgani sari (masalan, 16 sentabrdagi oxirgi eşituvi böldi) uruş kölamini kengaytiriş uning siyosiy manfaatlariga xizmat qilayotgandek körinadi. Xavfsizlik mas’ullari ham muhim davrda rahbarni sud qiliş töğri emas, deb jarayonlarni keçiktirmoqda. Rasmiylarning bayonotlari raqamlarda ham ziddiyatlar keltirib çiqarmoqda: dastlab Isroil 30 000 ta HAMAS jangçisi borligini iddao qilgan, söngra 2 500 nafarga qisqardi “biz ularni yöq qildik” deyildi. Agar haqiqatan ham 2 500 nafardan kam qolgan bölsa, Isroil uçun ğalabani e’lon qiliş mumkin bölar edi. Şunday bölsa-da, hudud vayron qilindi. Isroil bosqiçma-bosqiç çegaraviy hududlarni özlaştirib borayotgandek köriniş hosil qilmoqda.