Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salexard sudi Navalniyning onasi shikoyatini qanoatlantirishdan bosh tortdi
Salexard shahar sudi Lyudmila Navalnayaning shikoyati bo‘yicha ish yuritishni tugatdi va bu uning «huquqlari va manfaatlariga daxl qilmasligini» ma’lum qildi, dedi siyosatchining bevasi Yuliya Navalnaya.
Salexard shahar sudi qamoqda vafot etgan muxolifatchi Aleksey Navalniyning onasiga qotillik bo‘yicha jinoiy ish ochish haqidagi arizasini rad etdi. «Sud ish ochishdan bosh tortish «uning huquq va manfaatlariga daxl qilmasligini» aytib, shikoyatini qanoatlantirmadi», deb yozdi siyosatchining bevasi Yuliya Navalnaya 16 sentabr, seshanba kuni ijtimoiy tarmoqda.
Uning aytishicha, oilasi Navalniy o‘limining ertasiga – 2024 yilning 17 fevralida ish ochilishini talab qila boshlagan va bir necha bor rad etilgan. Siyosatchining onasi Lyudmila Navalnaya rad javobi ustidan sudga shikoyat qildi.
Muxolifatchi siyosatchi, Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi Aleksey Navalniy 2024 yil 16 fevralda Rossiya Federatsiyasining Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi Xarp posyolkasdagi «Polyarnyy volk» maxsus rejimli koloniyasida vafot etdi. Muxolifat yetakchisi tarafdorlari u o‘ldirilganini da’vo qilmoqda.
Navalniy 1 mart kuni Moskvadagi Borisovskoye qabristoniga dafn qilindi. U bilan xayrlashish uchun minglab odamlar keldi.
Mavzuga oid
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026
“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln so‘m undirishni belgiladi
12:00 / 15.05.2026