Yovvoyi holda ösuvçi ösimliklarning ekiş materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlaş hamda ularni yetiştiruvçi pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga oliş YaIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşirilişi belgilandi. 

Qaror bilan kiritilgan özgartirişlarga köra, yovvoyi holda ösuvçi ösimliklarni yetiştiriş böyiça pitomnik va plantatsiyalar ösimliklarni yetiştiruvçilarning yer uçastkalarida taşkil etiladi. 

Ösimlik yetiştiruvçi ekiş materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlaşni sörab, Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

Sörovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

🔹 ösimlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalaniş uçun ruxsatnoma;
🔹 yovvoyi holda ösuvçi ösimliklar va ularning qismlarini olib kiriş va olib çiqişga ruxsatnoma;
🔹 pitomnik yoki plantatsiyaning Yovvoyi holda ösuvçi ösimliklarni yetiştiriş böyiça pitomnik va plantatsiyalar reyestrida davlat hisobiga olinganligi töğrisida xabarnoma hamda ekiş materialini yetkazib beriş haqida şartnoma.

Vakolatli organ sörovnomani 5 iş kunida körib çiqib, pitomnik va plantatsiyalarni Yovvoyi holda ösuvçi ösimliklarni yetiştiriş böyiça pitomnik va plantatsiyalar reyestrida davlat hisobiga oladi.