Joriy yilning 30 iyulidan 30 avgustigacha O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlarda mushkul ahvolda qolgan fuqarolarni olib kelishga qaratilgan "Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi o‘tkazildi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida aksiya doirasida Rossiyada mushkul ahvolda qolgan 1366 nafar fuqaro qaytarildi. Shuningdek, moddiy qiyinchilikka duch kelgan 323 nafar fuqaroga moliyaviy yordam ko‘rsatildi.

Ushbu aksiya – davlati rahbariyatining har bir vatandoshga bo‘lgan e’tibori va g‘amxo‘rligi namunasi.