19–21 sentabr kunlari Özbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda Özgidromet.

Havo harorati asta-sekin kötariladi. Juma kunduzi havo +25…+28 darajagaça, janubda +30 darajagaça isiydi. Şanba kuni çöl hududlarda va respublika janubida, yakşanba kuni Özbekistonning markaziy hududlari böyiça kunduzgi harorat +32…+34 darajaga yetadi.

20–21 sentabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Havo harorati +23…+28 daraja atrofida böladi.

Şimolda va çöl hududlarda ba’zi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.

Toşkent şahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.

Kunduzi havo harorati juma kuni +26 daraja, şanba kuni +28…+30 daraja, yakşanba kuni +32…+34 daraja atrofida böladi.