AQŞ prezidenti Donald Tramp 18 sentabr kuni Ukrainadagi mojaroni hal qiliş özi kutganidan köra qiyinroq bölayotganini va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning hafsalasini pir qilganini aytdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

«Men Putin bilan munosabatlarim tufayli Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni osonroq hal qiliş mumkin deb öylagandim, lekin u menga pand berdi, u haqiqatan ham pand berdi», dedi Tramp Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer bilan qöşma matbuot anjumanida.

Şuningdek, AQŞ prezidenti Rossiya Ukrainaga qaraganda köproq askar yöqotmoqda, degan fikrni bildirdi.

«Putin köplab odamlarni öldirmoqda. U öldirişdan köra köproq odam yöqotyapti. Rossiya askarlari Ukraina askarlariga qaraganda köproq halok bölmoqda», dedi Tramp.

Tramp agar Bayden emas, özi AQŞ prezidenti bölganida, Ukrainada keng kölamli uruş heç qaçon boşlanmas edi, dedi. Oq uy rahbari buni köp marta takrorlagan.

«Bu uruşda millionlab odamlar, millionlab odamlar halok böldi va bu amerikalik askarlar emas. Askarlar Ikkinçi jahon uruşidan beri heç kim körmagan tezlikda halok bölmoqda. Men aynan şu sababga köra bu muammoni hal qilişga majburman, deb öylayman», dedi Tramp.

Naşrning qöşimça qilişiça, Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga Oval kabinetda aytgan gapini takrorladi - mojaro uçinçi jahon uruşiga aylanib ketişi mumkin.