AQŞ prezidenti Donald Tramp «Antifa» harakatini «yirik terrorçi taşkilot» deb e’lon qilişga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. U bu haqda özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi akkauntida e’lon qildi. Postda aytilişiça, "Antifa" «kasallangan, xavfli, radikal söl falokat».
AQŞ prezidenti "Antifa"ni moliyalaştirgan şaxslarni «yuqori huquqiy standartlar va amaliyotlarga muvofiq» tekşirişni «qattiq tavsiya etişini» qöşimça qildi.
Bir qança ommaviy axborot vositalarining yozişiça, Tramp bu haqda AQŞda siyosiy faol Çarli Kirkning öldirilişidan köp ötmay aytgan. Kirk amerikalik öng vakillar yangi avlodining ovozi va Donald Trampning yaqin hamkori hisoblangan.
Tramp avvalroq "Antifa"ni terrorçi taşkilot sifatida belgilaş niyati borligini birinçi prezidentlik davrida Black Lives Matter noroziliklari çoğida e’lon qilgan edi.












