Yoşlar orasida Ğarb madaniyati, ayniqsa kino, musiqa, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tez tarqalmoqda. Yoşlar orasida individualizm, şaxsiy erkinlik, gedonizm (yengil-yelpi huzur-halovatga, lazzatlanişga intilişni oliy maqsad deb hisoblovçi axloqiy ta’limot) ğoyalari köproq qiziqiş uyğotişi bugun hammaga ayon.
Turmuş tarzimizga iste’molçilik madaniyati (kiyinişda brendlarga intiliş, qimmat gadjetlar işlatiş, fast-food iste’moli) orqali Ğarb turmuş tarzi, ular orqali esa urf-odatlari, ommaviy madaniyat keng yoyilgani bugun heç kimga sir emas. Sotsiologik kuzatuvlarimiz yurtimizning köplab qişloq hududlarida milliy urf-odatlar nisbatan saqlanayotganini va Ğarb ta’siri “buza olmagan” çegaralar (hozirça!) saqlanayotganini körsatmoqda. Ammo bu körsatkiçlar şaharlar, ayniqsa katta megapolislar kesimida globallaşuv ta’sirlarini sezdirmoqda.
Zamonaviy, ya’ni ijtimoiy tarmoqlar, internet hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan, asosan ösmir yoşlar uçun böş vaqtni taşkil etişda Ğarb modellaridan yana biri — “vaqtni köngilxuşlik bilan ötkaziş”ni, “adrenalin manbai” degan çiroyli tarğibot ortiga yaşirinib, bolalarimiz ruhiyat olamini öz ortidan ohanrabodek ergaştirayotgan kvest uylari haqida töxtalmoqçimiz.
Joiz bölsa, kvest uyi tarixiga qisqa töxtalamiz: ilk real kvest uyi 2007 yilda Yaponiya (Tokio)da taşkil etilgani, keyinçalik “tokiogizm”, “takagizm” nomi ostida jahonga tarqalgani haqida ma’lumotlar bor.

Ötgan 15 yil kvest uylari uçun ham ançagina muvaffaqiyat keltirdi deyiş mumkin. 2022 yilda dunyoda kvest uylari soni 40 mingdan ortgani, bozor qiymati esa 1,2 mlrd dollarni taşkil qilgani buning yaqqol dalilidir. Ayni damda ham uşbu loyiha samaradorligi katta tezlikda ösib borayotgani va Özbekistonni ham çetlab ötmayotganini sönggi yillarda poytaxtimizda “horror-kvest uylari” keng tarqalayotganida körişimiz mumkin. Köngiloçar va adrenalin manbai sifatida farzandlarimizga taklif etilayotgan uşbu uylar bolalar ma’naviy olamiga salbiy ta’sir körsatiş darajasi yuqoriligiça qolayotganini Gruziyaning Maxaçqal’asidagi Rasul Hamzatov köçasida yonib ketişi oqibatida 2 nafar (ulardan biri 20 yaşar) qizning favqulodda vafot etişiga sabab bölgan kvest uyi, şuningdek, umuman kvest uylarini tanqidiy örgana boşlagan rossiyalik bloger Grigoriy Nadtokning quyidagi fikrlari ham tasdiqlaydi: “mening jamoam va men bu (kvest)ni turli şaharlarda kuzatdik, jihozlanişidan hamma narsa bir xil: iflos yertöla, axlatxonadagi mebel, qöpol operator, aktyorlar... Biz ijodiy guruh nomidan salbiy şarh yozganimizda, ular, kvest uyi “ijodkorlari” menga tunda tahdid qildi va uni ijtimoiy tarmoqlardan öçirişni talab qildi. ...Kvestlar bilan boğliq dahşatli muammo şundaki, tomoşabinlar realizmni talab qilişi mumkinligi, turli auditoriyadagi odamlarning haqiqatan ham özaro boğlanişni söraşidadir1.
Darvoqe, bugungi kunda Toşkent şahri va viloyatida 20 dan ortiq kvest uylari faoliyat yuritmoqda. Xöş, bu “uy”larda qanday mazmundagi “köngiloçar” xizmat turlari taklif qilinmoqda deb öylaysiz?

Poytaxtimizdagi 19 ta kvest uyining internetdagi saytlarida taqdim qilgan ma’lumotlarini tahlil qilib, “köngiloçar” xizmatlar quyidagi janr va mavzularda ekanini aniqladik.
Mavzular böyiça:
- zöravonlik va manyaklik (qotillik uyi, manyak ta’qibi va undan qoçiş);
- arvohlar va mistik obrazlar (yalmoğiz kampir, ruhlar, qonli qasr);
- ilmiy-fantastik (robotlar, özga sayyoradan kelganlar, vaqt maşinasi);
- tarixiy va milliy mavzular (qadimgi piramidalar, Samarqand tarixi bilan boğlangan voqeliklar) qiziği, Samarqand şahridagi tarixiy obidalar içida turli qonli syujyetli öyinlar taşkil etiladi;
- mafkuraviy va maişiy (gunoh va jazolaş, adolat va zulm);
- yoşlar va bolalarga möljallangan (superqahramonlar, multfilm qahramonlari) va h.k.
Janrlar böyiça:
- Horror (qörqinç janri) kuçli qörquv muhiti yaratadi;
- Detektiv / triller;
- Bolalar kvesti, performans, interaktiv;
- Fantastika va fentezi;
- Ekzorsizm;
- Mantiqiy;
- Komediya va yumor;
- Sayohat janri va h. k. Bu janrlar aktyorlar bilan (performans) turli darajadagi jonli aloqa qiliş mumkin bölgan: yengil (“layt”)dan oğir (“xard”)gaça taklif qilinadi.
Bugun ayrim “köngiloçar” uylarda taklif etilayotgan xizmatlar içida ekzorsizm janri alohida e’tiborga loyiq. Ekzorsizm — aslida diniy marosim bölib, u “jin, yovuz ruhlar” yoki şaytoniy qora kuçlarni insondan yoki muayyan joydan quvib çiqarişga qaratilgan. Bu biznes rivojlanişida iqtisodiy manfaat yotibdi. Toşkent şahrida 400 ming sömdan 1 mln sömgaça taşkil etadigan jamoaviy öyinda eng kamida 4 dan 6 nafargaça odam qatnaşadi. Ammo bu faqat iqtisodiy manfaat xolos. Psixologlarning ta’kidlaşiça, bolaning 10 daqiqa qörquvda ötirişi yurak urişi (taxikardiya), nafas olişini (giperpneya) tezlaştirişi, terlaş, qon bosimi oşişi, muşaklar taranglaşişi, qöllar va oyoqlarda muzlab qoliş hissini tuyişi, qorin oğriği, köngil aynişi, iç ketişi (vegetativ reaksiyalar) kabi jismoniy özgarişlarga, şuningdek, qörquv, xavotir, harakatsizlik (fight, flight, freeze reaksiyasi), yoş bolalarda yiğlaş, ota-onaga yopişiş, uzoq muddatli ta’sirlar – agar qörqinçli voqea juda kuçli bölsa (travmatik holat) psixik kasalliklar PsR (posttravmatik stress buzilişi), qörqinçli voqeani qayta-qayta xotirlaş, tuşkun kayfiyat, uyqusizlik, tuş köriş, doimiy xavotir va asabiylik, trevoga buzilişlari (anhiya), ma’lum bir voqea yoki hodisaga keçikib reaksiya qiliş, jamiyatdan uziliş, bosqinçilikning qayta takrorlanişidan qörqiş, depressiya, xavotir, kayfiyatdagi tuşkunlik, va nihoyat, ijtimoiy izolyatsiya... Immunitet tizimining zaiflaşişi, oşqozon-içak muammolari (gazlar, gastrit), gormonal disbalans (kortizol miqdori köpayişi) kabi ruhiy xastaliklar va ular oqibatida vujudga keladigan fiziologik özgarişlarga sabab bölar ekan.

Tasavvur qiling: farzandingiz qörqinçli tasvirlar, dahşatga soluvçi ovozlar hamda “alvasti va şaytonlar, qörqinçli ruhlar ta’qibi” bilan yuzma-yuz qoladi. Iztirob, ruhiy zilzila... Uning ma’naviy olamida röy bergan özgarişlarni oq qoğozga çizing va suratga boqing...
(psixolog tomonidan taqdim etilgan va bola tomonidan çizilgan surat)
Bola bu jarayondan söng tunda tinç uxlay olmaydi. Qörqinçli tuşlaridan xalos bölolmaydi. Qalbidagi jarohatlar: qörquv, mavhumlik, xavotirlar va tasavvurlar xavflari ostida hayot keçira boşlaydi.

Janr nuqtai nazaridan detektiv yoki trillerlarsiz, qörqinçli sahnalarsiz ham kvest uylarini taşkil etiş mumkin. Biroq köp hollarda syujyetiga kuçli ta’sir körsatiş va iştirokçilarda hayajon uyğotiş maqsadida saspens (kötarinki hayajon, kutilmagan burilişlar) va ayrim qörqinçli elementlar qöşilişi turgan gap. Masalan, detektiv kvestlarda köproq jinoyat sirlari, qotillik izlari, qoronği xonalar, sirli buyumlar orqali keskin muhit yaratiladi.

Triller kvestlarda esa kutilmagan tovuşlar, qoronğilik, qörqinçli personajlar yoki jonli aktyorlarning tösatdan paydo bölişi iştirokçilarda kuçli hayajon va qörquv uyğotadi. Şuning uçun aytiş mumkinki, detektiv va triller kvestlarida qörqinçli sahnalar mavjud bölişi mumkin, biroq ularning darajasi öyin taşkilotçisi va tanlangan syujyetga bevosita boğliq.
Albatta, kvest uylarida faqat detektiv yoki triller janrlari emas, balki boşqa turdagi ssenariylar ham uçraydi. Masalan, sayohat mavzusidagi kvestlar yoki turli xil multfilm epizodlari asosida tuzilgan öyinlar mavjud. Biroq şunga e’tibor qaratiş lozimki, bu sahnalarning köpçiligi asosan Ğarb animatsion filmlari qahramonlari bilan boğliq.
Ularda milliylik, xalqimizga xos ma’naviy-tarbiyaviy elementlar yoki milliy qahramonlarning obrazlari deyarli uçramaydi. Aksinça, qimorbozlik, turli ma’naviy buzğunçilikka olib keladigan yutuqli öyinlar tarğiboti kabi “mayda detal”lar bilan boyitilgani yoşlarda qiziqiş uyğotadi, ularning madaniy dunyoqaraşi va ma’naviy tarbiyasiga milliy qadriyatlar asosida ta’sir körsatiş imkoniyatini çeklaydi. Bu esa kvest uylari ssenariylarini milliy qahramonlar, tarixiy obrazlar yoki xalq ijodiyotidan olingan motivlarni tarğib qiliş yuzasidan örganiş muhimligini körsatadi.
Keling, Toşkent şahridagi kvest uylarining birida bolalar uçun taqdim qilinayotgan interaktiv janridagi “öyin” tavsifiga e’tibor qaratamiz.
Öyin mavzusi: döstlaring bilan birga uşbu şahar qanday tarixni özida saqlayotganini bilişga harakat qil. Bu yerda Mallinslar oilasi yaşagan, ularning kiçik qizaloği maşina ğildiragi ostida qolib halok bölgan... Ota-ona uçun farzandini yöqotişdan keyingi kunlar toqatsiz ötdi. Oradan köp ötmay, Annabellaning ota-onasi uyda turli ovozlarni eşita boşladi: qadam tovuşlari, qizi uxlaşdan oldin eşitadigan sevimli musiqa xirgoyisi... Ular anglaşdiki – bu qizining ruhi. Ota “ruh”ga öz qizi qiyofasida tayyorlagan qöğirçoqqa kirişi uçun ruxsat bersa, qizini yana bir marotaba tirik va soğ-salomat holda köriş baxtiga muyassar bölişadi. Biroq Mallinslar qöğirçoqqa kirişga ruxsat bergan ruh qizining ruhi emas, balki dahşatli yovuz kuçga ega ruh bölib çiqadi. Endi orqaga yöl yöq...
Xöş, siz bu öyinda iştirok etgan bolalarning ruhiyatidagi özgarişlarni tasavvur qila olasizmi?
Markaz tomonidan Toşkent şahridagi kvest uylarining ijtimoiy tarmoqlar, ya’ni Instagramʼdagi holati tahliliy örganildi.
Kvest uylari Instagram-kanali a’zolari eng kami 4 mingdan boşlanadi. Ularga bolalarni jalb etiş böyiça “tuğilgan kunga 10 foiz çegirma” kabi hamyonbop va öyinlar bölib ötadigan manzillar böyiça poytaxt köçalari misolida (suratdagi kabi beşariq köçasidagi “morg”) lokatsiya körsatilgan “qiziqtiruvçi” tarğibot yölga qöyilgan. Xorij fuqarolariga ham alohida skidkalar asosida öyinlar taşkil etiladi. Ayrim xorijlik yoşlarning Toşkent kvest uylari “arzonligi” haqidagi iliq fikrlarini uyğotiş mumkin tarmoqlarda. Şuningdek, özbekistonlik yoşlarning ham auditoriyalarni kengaytiriş va katta auditoriyalarni birlaştiriş haqidagi kommentlarini öqiş mumkin.
Afsuski, öz farzandlarining tuğilgan kunlarini qörqinçli öyinlar (“farzandlarining his-tuyğulari boşqarilişi” evaziga) iskanjasida ötkazişni qöllab-quvvatlaydigan ota-onalar ham topilmoqda. Ruhlar va yovuz kuçlarning talvasasini “adrenalin” deb qabul qilayotganlar ins-jinslarning virtuallaşgan olamida böş vaqtlarini ötkazayotganlaridan yo bexabarlar yoki allaqaçon “tiriklar” olamidan köra ”öliklar” olamini xuş köra boşlaganlar. Har ikki holatda ham qörquv asosiga qurilgan mavzularda kvest öyinlari öz tahdidlarini yöqotmaydi.
Ma’lumot uçun kvest uylarining “qanot yozişi” böyiça Rossiya davlati tadqiqotidan raqamlar keltiramiz. 2023 yilda Rossiyada 12-17 yoşgaça bölgan 600 nafar ösmirlar orasida ötkazilgan tadqiqotlarga köra kvest uylariga
• 37% yoşlar – kamida bir marta borgan.
• 18% yoşlar – har oyda bir marta taşrif buyuradi.
• 52% yoşlar – qörqinçli tuş va uyqusizlikka duç kelgan.
• 11% yoşlarda – real hayotda ham qörqiş hissi kuçaygan.
Mavjud holat yurtimizda qanday ekanini aniqlaş maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi olimlari maktab va oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy sörov ötkazmoqda. Tadqiqot natijalari yaqin vaqtda alohida maqola sifatida e’lon qilinadi.
Ilmiy tahlillar şunday ma’lumotlarni taqdim qilmoqda.
Qörqinçli syujyetlar ösmirlarda xavotir va stress gormonlari ortişiga sabab böladi. Ma’naviy-ma’rifiy jihatdan zöravonlik va manyaklik obrazlari ösmirlar ongida normallaşişi mumkin. Ayniqsa, ijtimoiylaşuv jarayonida salbiy his-tuyğular orqali boğlaniş tendensiyasi kuçayişiga olib keladi.
Körinib turganidek, bu real xavf-xatar va ilmiy jihatdan çuqur tahlil hamda xulosalarga muhtoj. Şuningdek, mazkur jarayonni soğlomlaştiriş böyiça qator amaliy işlarni ham amalga oşirişimiz zarur. Izlanişlarimiz va amaliy tahlillarimiz natijasiga köra, xulosalarimiz şuki, kvest uylari, ayniqsa horror va ekzorsizm janrlari yoşlar ma’naviy olamiga jiddiy xavf tuğdirmoqda. Uşbu holat jamiyatimizda milliy tarbiya, ma’naviy xavfsizlik va yoşlar ongida soğlom qadriyatlarni mustahkamlaş masalasi dolzarb ekanini yana bir bor körsatadi.
Uçinçi Renessansni qörquv bilan boşqariluvçi avlod emas, ajdodlariga munosib jasur va ilmli yoşlar qurişini inobatga olsak, kvest uylaridagi ğarbça yaşaş tarzi va mafkuraviy tahdidlar tarğibotini jiddiy, sotsiologik tadqiqotlar asosida jiddiy örganiş joizligini körsatadi.
“Ğarb mafkurasining amaliy elementi sifatida jamiyatimizga kirib kelgan mazkur kvest uylari taşqi körinişda oddiy “köngiloçar” kabi namoyon bölsa-da, mazmun-mohiyati jihatdan zöravonlik, qörquv uyğotiş va ins-jins olamini normallaştirişni osongina tarğib qilmoqda. Bu esa yoşlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlaşga qaratilgan dasturlarni parçalaşga, aylanib ötişga xizmat qilyapti. Şu bois bu jarayonga soha vakillari kabi şunçaki biznes sifatida qaramasdan, uning yoşlarda qörquv, xavotir, stress, hatto agressiv xulq-atvor, uzoq muddatli ijtimoiy munosabatlarda noinsoflik, qöpollik va ma’naviy böşliq kuçayişiga olib kelayotgan ta’sirini inobatga olgan holda tartibga soliş zarur.
Quyida biz kvest uylarining ta’sirçanligi va yoşlar hayotiga oson kirib borib, ularni ergaştira oliş xususiyatidan ijobiy foydalaniş böyiça amaliy tavsiya va takliflarimizni taqdim etamiz.”
1. Yoşlar salomatligi va ma’naviy xavfsizligi nuqtai nazaridan:
- 18 yoşgaça bölgan ösmirlar uçun “horror” va “ekzorsizm” janridagi kvest uylariga kiriş qat’iy çeklanişi zarur.
- Bolalar va ösmirlar iştirok etadigan kvestlar faqat ma’rifiy, ijobiy va milliy tarbiyaga xizmat qiladigan ssenariylar asosida taşkil etilişi kerak.
1. Oila va ta’lim muassasalari uçun:
- Ota-onalar farzandlarining vaqtni qayerda va qanday ötkazayotganini kuzatib borişi şart.
- Maktab va kollej pedagoglari, ayniqsa maktab psixologlari bolalardagi qörquv, uyqusizlik, xavotir, agressiya kabi belgilarni erta aniqlab, psixologik yordam körsatişi lozim.
1. Jamiyat va davlat darajasida:
- Ma’naviy tarbiyaga xizmat qilmaydigan, yoşlarning ruhiy salomatligiga zarar yetkazuvçi köngiloçar xizmatlar ustidan nazorat kuçaytirilişi zarur.
- Milliy va ma’rifiy yönalişdagi kvest ssenariylarini işlab çiqişga mahalliy prodyuserlar, ijodkorlar va pedagoglar jalb qilinişi kerak.
- Jahon tajribasidan kelib çiqib bunday xizmatlar uçun davlat litsenziyasi va sertifikatlaştiriş tizimi joriy etilişi maqsadga muvofiq.
- Şuningdek, bolalar uçun qörqinçli emas, balki ma’rifiy va tarbiyaviy qimmatga ega kvest ssenariylarini işlab çiqişni taklif qilamiz.
1. Ilmiy tadqiqot va ta’lim sohasi uçun:
- Mazkur jarayonni ilmiy tadqiqot obekti sifatida körib çiqiş lozim. Bu borada ma’naviy tahdidlar, mafkuraviy ta’sir, yoşlar ruhiyati va ijtimoiy ongga ta’sirini örganuvçi fundamental tadqiqotlar yölga qöyilişi zarur.
- Ilmiy izlanişlar ğoya va mafkura, sotsiologiya, psixologiya va pedagogika yönalişlaridagi tadqiqot muassasalari olimlari hamkorligida olib borilişi maqsadga muvofiq.
- Kvest uylari taşkilotçilari uçun yoş toifalariga mos psixologik tavsiyalar işlab çiqiş, 18 yoşgaça bölgan iştirokçilar uçun me’yoriy çeklovlarni joriy etiş.
- Bu mavzu böyiça bakalavriat va magistratura talabalari uçun bitiruv malakaviy işlari (BMI) va magistrlik dissertatsiyalari (MD) mavzusi sifatida taklif etilişi kerak. Bu orqali ilmiy kadrlar tayyorlaş jarayonida ham sohaning atrofliça tadqiq etilişi ta’minlanadi.
Jahon tajribasi: Yevropa mamlakatlarida “horror” janridagi kvestlar faqat kattalar uçun çeklangan, Yaponiya va Koreyada esa maxsus litsenziya asosida işlaydi. Bu esa yoşlar salomatligi va ma’naviy xavfsizligini ta’minlaşda davlatning qat’iy pozitsiyasini körsatadi.
Maqolada keltirilgan kvest uylaridagi “qahramon”lar suratlari Toşkent şahrida faoliyat körsatayotgan kvest uylarining internetdagi reklama saytlaridan olingan.
Suxrob Xidirov,
Respublika Ma’naviyat va
ma’rifat markazi bölimi boşliği












