22 sentabr kuni bölib ötadigan BMT anjumanida ön mamlakat vakillari Falastin davlatini tan oladi. Bu haqda Yelisey saroyida bölib ötgan brifingda ma’lum qilindi. 

"Önta mamlakat Falastin davlatini tan oliş niyatida", - dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning maslahatçisi. 

Uning sözlariga köra, Fransiya bilan birgalikda Andorra, Avstraliya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Lyuksemburg, Malta, Portugaliya va San-Marino Falastinni tan oladi. 

Fransiya prezidentining maslahatçisi şuningdek, Isroilning Iordan daryosi ğarbiy qirğoğidagi Falastin yerlarini egallaşga urinişini "qizil çiziq" deb atadi.

Falastin BMTga a’zo 148 davlat tomonidan tan olingan. Dunyoning 95 mamlakatida Falastin elçixonalari va doimiy vakolatxonalari faoliyat yuritadi.