Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yuşçenko Kiyev ğalaba qozonişi uçun «Moskvagaça boriş» kerakligini aytdi.
«Ğalaba nimaligini hamma har xil tuşunadi. Kimlardir uruş bölayotgan çiziqda qoliş kerakligini aytmoqda. Men bunday qilolmayman», — dedi u.
Yuşçenko Ukraina 1991 yildagi çegaralariga erişişi kerakligi töğrisidagi fikrga qöşilmasligini aytdi.
«Bunday fikrdagilar farzandlari va nabiralariga eng katta muammoni meros qilib qoldirişadi. Moskvagaça boriş kerak! Moskva rejimi mavjud ekan, dunyodagi heç bir inson, heç bir millat, heç bir davlat özini xavfsizlikda his qilolmaydi», dedi sobiq prezident.
Viktor Yuşçenko Ukrainani 2005-2010 yillarda boşqargan.











