Toşkentda isitiş va issiq suv ta’minoti xizmatlari uçun tölovlar alohida körsatiladi. Bunday imkoniyat iste’molçining şaxsiy onlayn kabinetiga qöşildi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent.

«Şarhlaş» bölimi endi tölov qaysi xizmat uçun ekanini körsatadi - isitiş yoki issiq suv ta’minoti. Tölov miqdori har bir xizmat uçun alohida körsatiladi.

Yangi funksiyadan foydalaniş uçun cabinet.veoliaenergy.uz manzili orqali şaxsiy kabinetga kiriş, «Hisob-kitoblar» bölimidan kerakli davrni tanlab, «Şarhlaş» tugmasini bosiş kerak.

Kompaniya noaniqliklar aniqlansa yoki xizmatni yaxşilaş böyiça takliflar bölsa murojaat qiliş mumkinligini eslatdi.