Viloyat IIB ma’lumotlariga ko‘ra, Kosonsoy tumanida yashovchi 24 yoshli fuqaro litsenziyasiz Binance platformasida kriptoaktivlar savdosi bilan shug‘ullangan. Joriy yilning mart oyidan may oyiga qadar umumiy qiymati 542 million so‘mlik 35 ta bitim o‘tkazgan. Daliliy ashyo sifatida iPhone 11 olindi.
Shuningdek, Norin tumanida yashovchi 37 yoshli fuqaro 2024 yilning may oyidan noyabr oyiga qadar umumiy qiymati 1,7 milliard so‘m bo‘lgan 35 ta noqonuniy kriptoaktivlar bilan bog‘liq operatsiyani amalga oshirgani uchun qo‘lga olindi.
Ushlanganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi (Kriptoaktivlar muomalasi sohasidagi qonunchilikni o‘ta yirik miqdorda buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







